8
8.
Ko’rinish lentasi (Вид) – hujjatning ko’rinish xususiyatlari, ishchi maydonda qulayliklar, masshtab, oynalar, makroslar
bilan ishlashga mo’ljallangan.
Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi. Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo’ladi. Buning
uchun [Alt] tugmasini boshib turish kerak va word oynasida lentalar, belgilar ustida harflar hosil bo’ladi va shu harflar bilan lentalarga
o’tib, lenta ichidagi belgilarda ham harflar hosil bo’lganini ko’rish mumkin. Masalan, biror bir rasm qo’yishni olsak. Buning uchun
[Alt] tugmasini bosamiz. Ekranda belgilar va lentalarda harflar hosil boladi va [C]
harfini bosib, qo’yish “ВСТАВКА” lentasiga o’tamiz. Rasm o’rnatish uchun [З] harfini bosamiz va ekranga rasmlarni qo’yish
uchun muloqot oynasi hosil bo’ladi. Rasmni tanlab, [Enter] tugmasini bosamiz.
Matnli hujjatlarni tayyorlash uchun odatda matn bo’limlari, qatorlar va so’zlar bilan ishlanadi. So’zlarni klaviatura
yordamida
kiritiladi. Bir bo’limni tugatib, ikkinchi bo’limni yaratish uchun [Enter] tugmasi bosiladi. Matnning biror
qismini nusxalash yoki
ko’paytirish uchun Windows cho’ntaklaridan foydalanamiz. Wordda oxirgi 24 ta nusxalangan ma’lumotni saqlovchi cho’ntak mavjud.
Uni ekranga chiqarish uchun bosh lentaning [Буфер обмена] bo’limiga murojat qilish kerak.
Bo’limning past o’ng tomonidagi
tugmacha bosilsa, ekranda cho’ntak oynasi hosil bo’ladi.