4-mavzu. Zamonaviy matn redaktorlari bilan tanishish
REJA:
1.
Matn muharrirlari haqida umumiy tushuncha.
2.
MS Word 2013 dasturining
Файл, Главная, Вставка menyulari
haqida ma’lumot
3.
MS Word 2013 dasturining
Разметка страницы, Ссылки,
Рассылки menyulari haqida ma’lumot
4.
MS Word 2013 dasturining
Рецензирование, Вид, Надстройки
menyulari haqida ma’lumot
5.
MS Word 2013 dasturida jadvallar bilan ishlash.
6.
MS Word 2013 dasturida formulalar va grafik ob’yektlar bilan ishlash.
2
MS Word matn muharririda klaviatura yordamida ishlash.
Bugungi kunda, ko’pgina foydalanuvchilar asosan Microsoft Office dasturlar paketi tarkibiga kiruvchi Microsoft Word dasturidan
foydalanishmoqda. Bu dastur o’zining imkoniyatlari, foydalanishga qulayligi va chiroyli interfeysi bilan boshqa
matn muharrirlaridan
ajralib turadi.
Matn muharriri va matn protsessori dasturlariga misol sifatida quyidagi jadval asosida ko’rsatib o’tamiz.
2-jadval
atn muharrirlari
Oddiy darajadagi
matn muharrirlari:
O’rta darajadagi
matn muharrirlari:
Yuqori daraja(matn
protsessorlar)dagi matn
muharrirlari:
Word Pad
Microsoft Works
Star Office Writer
Note Pad
Leksikon
Microsoft Word
Atlantis
Microsoft Excel
Edit Pad
Aditor Pro
Blaknot
Jadvaldan ko’rinib turubdiki, oddiy darajadagi matn muharrirlarida faqat matn qismini qayta ishlash ya’ni,
matn qisminigina
o’zgartirish (shirftlar o’lchamini o’zgartirish, matn bo’laklarini
qirqib olish, belgilangan joyga qo’yish
va boshqa amaliyotlarni
bajarish) mumkin.
Yuqori darajadagi matn (protsessorlari) muharrirlariga bejizga MS Word dasturi kiritilmagan.MS WORD yordamida ixtiyoriy
ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda tayyorlash mumkin. Dasturning yana bir qulaylik tomoni shundan iboratki, unda bir
nechta hujjatlar bilan, ya’ni ularni qo’shish, biridan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn yoniga tasvir tushurish, harflarni
istalgan shaklda yetarlicha katta formatda chop etish mumkin.