12
9-rasm. [Стили] oynasining ko’rinishi
Bu oynadan matn uchun kerakli stillarni tanlash mumkin. Stilni tanlashdan oldin uni ko’rish uchun [Предварительный
просмотр]ni tanlash lozim. Stillarni o’zgartirish uchun [Изменит стили] ga murojaat qilish kerak. Agar wordning stillarni
o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, stilni tanlab, sichqonchaning o’ng tugmasini bosib lokal menyudan [изменить] buyrug’ini tanlaymiz va
kerakli stil parametrlarini kiritamiz. Agar yangi stil yaratmoqchi bo’lsak, [стили] muloqot oynasidan [Создат стиль] tugmasini
bosamiz va ekranga [Создание стиля] muloqot oynasi chiqadi va o’zimizga mos stillarni yaratishimiz mumkin.
Quyida biz elektron hujjatlar yaratishimizga kerak bo’ladigan [Вставка] lentasi bilan tanishib chiqamiz. Bu lentaning tarkibida
[Страницы], [Таблицы], [Иллюстрации], [Приложения], [Мултимедиа], [Ссылки], [Примечания], [Колонтитулы], [Текст] va
[Символы] kabi bo’limlar mavjud. Har bir bo’lim, o’ziga biriktirilgan buyruqlardan tashkil topgan. Biz buyruqlar va ularning
vazifalarini jadval asosida yoritib o’tamiz.
6-jadval. [Вставка] lentasi