4-Мавзу:Ўқувчилар жамоасидаги ва оиладаги шахслараро муносабатлар психологияси ва унинг бола шахси шаклланишига таъсири




Download 348.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana23.05.2023
Hajmi348.15 Kb.
#63459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
oilada ota-ona ortasidagi munosabatni bola shaxsining shakllanishiga tasiri
Ochiq dars LMS, 3- kadirlar boshqaruvi, Amaliyotchining yqlamasi, календар режа, математика тесты, Music Link, 4255-Текст статьи-10374-1-10-20211206, Mavzular SBXA (1), Mavzu Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi. Reja Kirish (1), 9434 Презентация5, Axborot xavsizligi OMT, Metodbirlashma hujjatlari 2020-2021, Амалий metod birlashma xujjatlari, AMALIY FANLAR Metod birlashma hujjatlari - копия
1. Biologik omil 
2. Ijtimoiy muhit 
3. Ta’lim va tarbiya 
Insonning xaqiqiy komil inson darajasida o’sib yetishishda mazkur uchta 
omilning roli birdek ahamiyat kasb etadi. 
Muayyan sababga ko’ra bu omillardan birontasi marom darajasida bo’lmay 
shaxs faoliyatida turli miqyosda amal qilinmasligi salbiy ko’rinishlarni keltirib 
chiqaradi. Shaxs ma’naviy qiyofasida chekinishi yuz beradi - uning tarbiyasi buzila 


boshlaydi. 
Qadimiy xindlar ota o’z farzandiga qanday munosabatda bo’lishi kerakligi 
xaqida quyidagilarni bejiz aytishmagan. 
Olimdan aqli zaif va aksincha, aqli zaifdan olim tug’ulish mumkinmi? degan 
savolga javob berishdan oldin «Aqlii zaif» tushunchasi xaqida ozgina tasavvur xosil 
qilib olishimiz kerak. Aqli zaif deb nasliy, xomilalik, tug’ilishi yoki erta yoshlik 
davrida bosh miya patologik ta’siriga uchrashi natijasida bilish faoliyatining turg’un 
pasayishi tushuniladi. 
Ota-onalari olim bo’lib turib, farzandlari aqli zaif bo’lgan xolatlar ham 
kuzatilgan. Buning sababi turlicha bo’lishi mumkin. 
- Ota-onalarning oldingi avlodlarida mavjud bo’lgan genlardagi og’ishlar bilan 
belgilanishi. 
- Xomila yuzaga kelishi davrida xromosomalardagi og’ishlar natijasida aqli 
zaif bolalar tug’iladi. 
- Nasl sog’lom bo’la turib, xomila shakllanayotgan davrda rentgen nurlari, 
alkogol, giyohvand moddalar, kimyoviy ta’sirlar, jaroxatlar, onaning turli yuqumli, 
virusli kasalliklarga chalinishi va boshqalar natijasida aqli bola tug’ilib o’sishi 
mumkin. 
Savolning ikkinchi qismiga javob beradigan bo’lsak, aqli zaifdan olim 
tug’ilishi mumkin, ham mumkin emas. Bu ota-onalarning ikkalasi yoki bittasi aqli 
zaifligiga va aqli zaiflikning tabiatiga bog’liq. 
Agar ota-onalardan biri aqliy jixatdan normal bo’lib, ikkinchisi aqli zaif bo’lsa, 
bunday oilada aqli zaif bola tug’ilishi xafi kamayadi. 
Ikkinchisidan eng muhimi shundaki agar ota-onadagi aqli zaiflik ularning har 
ikkalasida nasliy omillar asosida yuzaga kelgan bo’lsa, bunday oilada aqliy sog’lom 
bola tug’ulib o’sishi qiyin. 
Bolaning sog’lom bo’lishi uning shakllanib voyaga yetishi uchun oilaviy 
munosabatlar ya’ni tug’ilishidan boshlab uning kelajakdagi xayotigacha aloqasi bor. 
Bolaning sog’lom bo’lishini belgilovchi omillarga oiladagi tarbiya va muhit 
ota-ona, ayniqsa onaning yoshi muhim ahamiyatga ega. Fiziologik nuqtai nazardan 
erkak kishi 60, 80, 90 yoshda ham farzand ko’rishi mumkin. 
Erkakning yoshi ayolning sog’lom bola ko’rishiga kuchli ta’sir qilmaydi. 
Oilada farzand ko’rish uchun ayollarning optimal yosh davri 20-35 yoshni tashkil 
qiladi. Erta-18 yoshgacha va 40 yoshdan keyin ayollarning farzand ko’rishi 
maqsadga muvofiq emas. Er-xotin munosabatlaridagi surunkali nizolar, urush-
janjallar, onaning tez-tez stress, xatto depressiya xolatida bo’lishi, shuningdek, o’zini 
tinchlantirish maqsadida qabul qilgan dorilar, yoki alkogol ichimliklar bolaning 
sog’lom rivojlanishiga aks ta’sir etadi. 
G’.Shoumarov, O.Musrmonova, V.Karimova va boshqalar tadqiqotlari turmush 
ortog’ni tanlash va oiladagi munosabatlar hususiyatlari, ota-onalarning bir-birlariga 
munosabatlari oilada insonning hayot tarzi, intilishlari doirasi va darajasi,hayotiy 


yo’nalishlarini belgilovchi omil bo’lib hizmat qiladi. 
Psixologiya nuqtai nazaridan, bola ruhiy sog’lom rivojlanishi va tengdoshlari 
bilan yaxshi munosabatda bo’lishi uchun quyidagi to’rt ko’rsatkich qondirilishi shart. 
- Ota-ona g’amho’rligi va etiboriga ehtiyoji. 
- Emosional sohadagi ehtiyojlar. 
- Ijtimoiy bilish ehtiyojlari. 
- Bolani ijtimoiy hayotga jalb qilinishi bilan bog’liq ehtiyojlar
Psixolog olim V. I. Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o’rganib, 
baxtli bolalik - bu oiladagi quvonchni, xamjixatlikni hamda ota-onalarning 
bolalariga g’amxo’rligining samarasidir degan xulosaga keladi. Muallif oilaning 
yo’nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko’rsatib beradi: 
1. Ijtimoiy - ilg’or yo’nalishdagi oila. 
2. Ziddiyatli yo’nalishga ega bo’lgan oila. 
3. Past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan oila. 
Birinchi toifaga xos bulgan oilalar bizdagi oilalarning ko’pchilik qismini tashkil 
qiladi. Bundan oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq printsiplari va qoidalaridan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek har tomonlama kamol topgan 
shaxsning ijtimoiy ideali (yuksak orzu timsoli) nazarda tutiladi. 
Ijtimoiy ilg’or yo’nalishdagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab 
chiqarishda, korxanada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg’or madaniyatga 
nisbatan qiziqishlarni namoyish qiladilar, shuning bilan bu narsaga o’z farzandlarida 
ham xavas uyg’otadilar. 
Oilada goxo bo’ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda xamjixatlik bilan 
bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo’jalik ashyolari, qimmatbaho 
materiallar har-hil extiyojlarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar 
shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog’lanmaydi. 
Ikkinchi toifaga mansub oilada barqaror yo’nalish bo’lmaydi. 
Oiladagi turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g’oyani boshqa 
g’oya bilan o’zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo’ladi. U yoki bu qarashlarning 
ustunligi, istiqboli xech qanday ahamiyat kasb etmaydi. 
Er-xotinnig yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsillari 
(nuqtai nazarlari) ko’pincha ularning fe’l atvor hususiltlariga tafovut negizi bilan 
bog’liq bo’lib, oilada so’z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi 
yo’nalishda bo’ladi. Burch xissigina muayyan majburiyatni bajarishgina oila 
a’zolarining o’zaro birlashtirib turadi. 
Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o’tkazish kuchi, kurashi, 
raqobati yaqqol namoyon bo’ladi. 
Uchinchi toifadagi oilalarda ko’pincha meshchanlik udumi va ideallari 
xokimlik qiladi. 
Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo’ysundirilgan, ya’ni mol-
dunyo to’plashga, moddiy-maishiy jihatadan ustunlikka erishishga qaratilgan. 


Voyaga yetgan oila-a’zolarining, ota-onaning korxonada, muassasada, tashkilotda 
mehnat qilishi anna shu ko’zlagan maqsadra yetishi vositasi sifatida, har qanday 
mehnat esa ish xaqqi miqdori bilan o’lchanadi. 
Oila boshlig’ining zo’ravonligi, zolimligi, unga ko’r-ko’rona va so’zsiz 
bo’ysunishlik sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari faolligini poymol qilishga 
intilishi va hokazolar ustun bo’ladi. Meshchanlik ideal va diniy e’tiiqod doirasidan 
tashqari chiqish hollari (kitob o’qish, ijtimoiy turmush faoliltida ishtirok etish) 
kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi. 
Shu bois past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga mansub oilalarda xudbin, 
qo’rqoq, jamiyat uchun nafi kam tegadigan o’g’il -qizlar yetishib chiqishi mumkin. 
Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, 
vatanparvarlik, insonparvarlik, qat’iylik, qadr-qimmat xissi kabi insoniy xislar 
shakllana boshlaydi. 
Asta-sekin tug’ishganlarga g’amxo’rlik, aka-uka va opa-singillik mehri, ota-
onalarga muxabbat va shavqat tuyg’ular namoyon bo’lib boradi. Agarda oilalardagi 
er-xotin munosabatlari faollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo’lsa, u holda oila 
a’zolari ruxiy dunyosida kekkayish, pismig’lik ko’pchilik tomonidan qabul qilingan 
xatti 

harakatlar 
qoidalarni 
sezmaslik, 
ularni 
mensimaslik, 
yalqovlik, 
ma’suliyatsizlik, dimog’dorlik illatlari unib chiqadi. 
Xozirgi kunda jamoatchilikning quyidagi dolzarb muammolar tashvishga 
solmoqda. 
- Oiladan o’g’il - qizlar kimlar tomonidan tarbiyalanayotirlar va ular qanday 
ruxda, maromda tarbiya olmoqdalar? 
- Oilaning tarbiya ishi rejali va tartibli olib boriladimi? 
O’quvchilar ko’z o’ngida ota-ona, katta yoshdagi qarindosh urug’lar, 
tug’ishganlar qanday darajadagi obro’ga egalar? 
- Oila tarbiyasida ota-ona o’rtasida birlik, umumiylik mavjudmi? 
- maktabda qo’llanilayotgan axloqiy tarbiya vositalari va shakllari qanday 
tadbiq etiladi? 
Oilada 
rag’batlantirish 
va 
jazolash 
usullardan 
qay 
yo’sinda 
foydalanilmoqda? 

Download 348.15 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 348.15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Мавзу:Ўқувчилар жамоасидаги ва оиладаги шахслараро муносабатлар психологияси ва унинг бола шахси шаклланишига таъсири

Download 348.15 Kb.
Pdf ko'rish