• XULOSA................................................................................................................29
  • 4-sinf o‘quvchilarini tenglamalar tuzish bilan masalalar yechishga o‘rgatish mundarija: kirish




    Download 157,5 Kb.
    bet1/7
    Sana29.05.2024
    Hajmi157,5 Kb.
    #256446
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    4-SINF O‘QUVCHILARINI TENGLAMALAR TUZISH BILAN MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH




    4-SINF O‘QUVCHILARINI TENGLAMALAR TUZISH BILAN MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH


    MUNDARIJA:


    KIRISH…………………………………………………………………………….2
    1. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim amaliyotda tenglamalar yechishga o‘rgatish jarayoni ikki yo‘nalishda olib boriladi……………………………………………..3
    2.O‘quvchiarda ifoda tuzish malakasi shakillantirgandan so‘ng ifoda tuzish biroz murakkablashtiriladi……………………………………………….………….…..10
    3.Masala yechish usullari va murakkab masalalar…………………….……….…12
    4.Matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish vositalari..........................................................................................22
    XULOSA................................................................................................................29
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................31
    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.1 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
    O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida:
    1. Quyidagilar:
    a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
    oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
    O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
    respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;
    oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
    xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;
    oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
    oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
    oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
    xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;
    oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko‘rsatkichlari oshishi, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta’minlash;
    O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish;
    oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;
    talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
    oliy ta’lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
    ta’limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
    aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;
    b) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
    Konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin
    Sh. Mirziyoyev. Oliy ta'lim haqidagi fikrlariBoshlang‘ich sinf matematika kursida tenglamalar amallar natijalari va komponentlari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechiladigan hamda sonni tashkil etadigan tenglik shaklida ko‘riladi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim amaliyotda tenglamalar yechishga o‘rgatish jarayoni ikki yo‘nalishda olib boriladi.Birinchi yo‘nalish taraftorlari fikricha bolalarni qanchalik vaqtli tenglamalar va ularning yechilishi usullarini tanishtirsalar, shunchalik matematik atamalarni va amallarni puxta o‘zlashiradilar amalda qo‘llaydilar.Ikkinchi tarafdorlari esa qachonki o‘quvchi amal o‘rtasidagi bog‘lanish va amallarni o‘zlashtirib tegishli atamalarni hamda tenglamalarni arifmetik usulda qo‘llaydigan qonunlarni ongli ravishda bir qolipga sola olsagina tenglamalarni yechishga o‘rgatish jarayoniga o‘tish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning algebraik bilimlarni va tushunchalarni shakllantirishda ifoda, tenglama va tengsizlik tushunchalarni o‘rnini nihoyatda kattadir.2 O‘quvchilar tomonidan tenglamalarni tuzish va ularni bajarishga oid topshiriqlar tafakkurga yo‘naltirilgan ijodiy mazmundagi topshiriq ko‘rinishlardan biridir. Bunday turga mansub topshiriqlarni:
    1. Ifoda tuzish,
    2. Tenglama tuzish
    3. Tengsizlik tuzish... shularga ajratib tahlil qilinadi. O‘quvchiarda ifoda tuzish malakasi shakillantirgandan so‘ng ifoda tuzish biroz murakkablashtiriladi. Endi ularda ifoda tuzish emas balki “noma’lum qo‘shiluvchini topish”, noma’lum kamayuvchini topish, noma’lum ayriluvchini topish kabi murakkablashtirilgan ifodalarni tuzish masalasi turadi.

    Download 157,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 157,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-sinf o‘quvchilarini tenglamalar tuzish bilan masalalar yechishga o‘rgatish mundarija: kirish

    Download 157,5 Kb.