|
4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati
|
bet | 13/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi,TK -3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kun shiori:
Do’sting qancha ko’p bo’lsa ham oz
.Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O’qituvchi har bir bola uydan chiqqach nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi:
uydan chiqqanda har bir bola qayerga borishi va u zarur bo`lganda kim bilan bog`lanish mumkinligi to`g`risida doimo ma`lumot berishlari lozim;
tasodifiy tanishuvlar, notanish shaxslar takliflariga rozi bo`lmaslik;
mehmondorchilik, kino, teatrdan uyga ketish oldidan qo`ng`iroq qilish va bu haqda ogohlantirish;
notanish kishilar bilan pod`ezd, yo`lak va liftlarga kirmaslik:
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilib, har bir bola, murakkab holatlarda eng to`g`ri qarorni qabul qilishi va jinoyatchi bilan yuzlashishdan saqlanishi mumkin.
Bolalarga oddiy qoidalar:
begonalar bilan gaplashmang va ularni uyga kiritmang;
begonalar bilan lift va yo`lakka kirmang;
begonalar mashinasiga o`tirmang;
maktabdan so`ng, ayniqsa tungi vaqtda ko`chada yurmang.
eshikni ochishdan oldin eshik ortida begonalar bor yo`qligini tekshirish;
eshikni ochib, xonadondan chiqishda kalit bilan eshikni berkitish;
|
| |