4-tajriba ishi mavzu: Gazanalizatorlarning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad




Download 190,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.08.2024
Hajmi190,61 Kb.
#269330
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-tajriba ishi 4-sem (1)



4-TAJRIBA ISHI 
Mavzu: Gazanalizatorlarning ishlash prinsipini o‘rganish 
Ishdan maqsad: 
Gazanalizatorlarning ishlash prinsipini o‘rganish 
Nazariy qism. 
Gaz analizatorlari 
tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki 
komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida ma’lumot beradigan qurilmalardir. 
Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy- tadqiqot ishlarida keng 
ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor 
berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zararli 
qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli 
qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab 
chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar 
havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot 
qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi. 
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz 
aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini oichash uchun 
moMjallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi 
aniqlanadigan 
komponent 
oMchanayotgan 
aralashmaning 
fizik-kimyoviy 
xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va 
konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va 
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz 
aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz 
analizatorlari ham mavjud. 
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan 
muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqayotgan 
signalni unifikatsiyalash usuli va oichash natijalarini berish usuli kabi belgilariga 
ko‘ra tasniflanishi mumkin. 
Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, bunda tahlil 
qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida oichanayotgan parametrga qarab bevosita 
xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik oichash 
tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik 
usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga 
ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish 

Download 190,61 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 190,61 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-tajriba ishi mavzu: Gazanalizatorlarning ishlash prinsipini o‘rganish Ishdan maqsad

Download 190,61 Kb.
Pdf ko'rish