5 – Ma’ruza (6 soat)
Ketma-ketlikdagi raqamli qurilmalar.
Reja:
1.
Registrlar va ularning turlari hamda ko‘rsatgichlari
sanoq qurilmalar turlari
va ko‘rsatgichlari
2.
takt impluslari, generatorlari.
Tayanch iboralar:
registr, parallel registr, ketma-ket (siljituvchi) registr,
ketma-ket – parallel registr, bir fazali registr, parafaz registr, reversiv siljituvchi
registr.
Registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo'lib, ko'p razryadli ikkilik sonlar
ko'rinishidagi ma'lumotlarni eslab qolish va vaqtincha
xotirada saqlash uchun
ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan
tiborat. Trigger esa xotira elementi bo'lib, ularga qo'shimcha ulanayotgan
elementlarning vazifasidan
kelib chiqqan holda, boshqa maxsus funksiyalarni amalga
oshirish imkonini beradi. Masalan, agar registrda bir triggerdagi ma'lumot keyingisiga
uzatilsa, u holda registr siljitish funksiyasini bajaradi, demak bunday registr
siljitish registri
deb ataladi. Chapga va o'ngga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma'lumotni
ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko'rinishidagi ma'lumotlar
guruhi ketma-ketligini takt
impulslari komandasiga ko'ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir
nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi
ma'lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin.
Parallel yoki ketma-ket ravishda ma'lumot kiritish mumkin bo'lgan
siljitish
registrlari mavjud. Demak, xuddi shunday parallel yoki ketma-ket ravishda ma'lumotni
chiqarish ham mumkin. Yuqorida aytib o'tilganidek, universal registrlar ham mavjud
bo'lib, ular ma'lumotlarni chapga va o'ngga siljitadi.
To'g'ri va teskari kod tartibida ma'lumot chiqaruvchi registrlar ham
mavjud. To'g'ri kodda ma'lumot chiqaruvchi registrlar
turli vaqt masshtabida
ishlaydigan yozuv qurilmalarini muvofiqlashtirishda qo'llaniladi. Masalan, diskka
ma'lumot yozish qurilmasi bilan printerni muvofiqlashtirish uchun qo’llash mumkin. Bu
vaqtda registrga ma'lumotni
ancha katta tezlikda kiritish, printerdan esa ma'lumotni
ancha past tezlikda olish mumkin. Teskari kodda ma'lumot chiqaruvchi registr
mikroprotsessor XQlarida ishlatilishi mumkin.
Mustaqil tanlovga ega bo'lgan triggerlar asosidagi registrlar alohida guruhni tashkil
etadi. Bunday registrda har bir trigger turli manbalardan ma'lumot olib,
mustaqil
ravishda o'z vazifasini bajarishi mumkin.