5.1-rasm.
Parallel registr sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b)
Masalan, registrning bir.necha bitlarida mos ravishda ma'lumotlar saqlanishi mumkin,
boshqa bitlari esa boshqarish maqsadlarida qo'llanilishi mumkin.
Parallel registr
ma'lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga
mo'ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma'lumotlarni yozish, saqlash va uzatish. Bu
amallarni bajarishdan avval registr dastlabki holatga (0) o'rnatiladi. Ma'lumot parallel
ravishda qayta ishlangani tufayli, registrni tashkil etuvchi triggerlar ham razryadlar
sonidan kelib chiqqan holda o'zaro bog'lanmagan. Parallel registrlar asinxron yoki
sinxron islilash prinsipida ixtiyoriy triggerlardan tuzilishi mumkin.
Sodda ikki razryadli parallel registrning funksional sxemasi 5.1- rasmda keltirilgan.
Registrlarni boshqa registrlar yoki raqamli tizim qurilmalari bilan bog'lovchi
elektr zanjirlar
shinalar
deb ataladi.
Registrning dastlabki holatida «kirish» shinasida «0» signalga egamiz. Bu
vaqtda RS-trigger kirishlarida HAM-EMAS MEning
x
1
va
x
2
kirishlaridagi (nol va
birlar) signallar kombinatsiyasidan qat'iy nazar «1» o'rnatiladi. Masalan, ikkilik son
registriga yoziladigan kod 01, ya'ni
x
2
«0»,
x
1
, esa «1» bo'lsin. U holda «kirish»
shinasiga «1» kelsa, ME qayta ulanadi va Tl trigger chiqishida «0» o'rnatiladi.
So'ngra Tl trigger
Q{=
holatiga qayta ulanadi. T2 trigger chiqishida «1» o'rnatiladi va
demak T2 trigger
Q
2
=
0 bo'ladi.
Shunday qilib, triggerlarga registr kirishlariga uzatilayotgan qo'shimcha
ma'lumot ham yoziladi. Saqlash rejimida ishlayotgan registr chiqishlarida «1» mavjud.
«Chiqish» shinasiga «1» berilsa, ME3 qayta ulanadi va
y,
chiqishda «1»,
y
2
chiqishda esa
«0» hosil bo'ladi. Demak, yozilgan ma'lumot o'qiladi. Ketma-ketli registr kirishdagi
ma'lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan.
Ma'lumot yozishdan avval registrga dastlabki holat (0)ga o'rnatiladi.
|