|
5- sinf ona tili fani sana
|
Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #126886 |
Bog'liq 5-sinf Ona tili fanidan Mustahkamlash ochiq dars ishlanmasi
5- SINF ONA TILI FANI
Sana: 27.12.2021
Mavzu: MUSTAHKAMLASH DARSI
Maqsad: A) ta`limiy maqsad: unli va undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi, asos va qo`shimchalar imlosiga oid bilimlarni mustahkamlash.
B) tarbiyaviy maqsad: buyuk ajdodlarga ehtirom, yurt tinchligi va ta’limdagi islohotlarni o`quvchilarga tushuntirish, o`zaro hamjihatlik xislatlarini o`stirish.
S) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda og`zaki va yozma nutqni o`stirish, topqirlik, zukkolikka o`rgatish.
Dars shakli: guruhlarda ishlash
Darsda foydalanilaniladigan
metod: fanlararo integratsiya, “Kim zukko?”, “Uyingni top”
Darsda foydalanilgan jihoz: kompyuter, proyektor, tarqatma va ko`rgazmalar
DARSNING BORISHI:
I.Tashkiliy qism:
A)Salomlashish.
B) Davomatni aniqlash.
D) O`quvchilarni darsga tayyorlash
E) Siyosiy daqiqa o`tkazish.
F) O`quvchilar uch guruhga bo`linib, o`zlari uchun nom va shior tanlaydilar:
1-guruh: “Navoiy shaydolari”
2-guruh: “To`maris izdoshlari”
3-guruh: “Temurbeklar”
Darsning borishi:
1-topshiriq. O`quvchilar navbat bilan A harfidan ng harfiga qadar bo`lgan barcha tovushlarga she’riy usulda ta’rif beradilar. Har bir ta’rif berilgan tovushni maxsus ajratilgan doskaga yozuvdagi belgisini alifbo tartibida joylashtiradilar.
2-topshiriq. “Kim zukko?” usuli yordamida talaffuz va imlo me’yorlari asosida tuzilgan savollarga har bir guruhdan ixtiyoriy zukko o`quvchilar chiqib javob beradilar. Savollar quyidagicha:
A va O unlilarining talaffuzi va imlosiga misol keltiring.
“Telefon”, “teatr” so`zlarining talaffuzi va imlosini izohlang.
“Alp” so`zining ma’nosi?
X va H tovushlarini ta’riflab, farqli jihatlarini ayting.
Xulq nima?
Yonma-yon kelgan unlilar ishtirok etgan so`zlarga misol keltiring.
“Shahid” so`zining ma’nosi nima?
Qo`sh undoshli so`zlarga misol keltiring.
“Maqom” so`zining ma’nosi?
Qator undoshli so`zlarga misollar topib, ularning talaffuzini tushuntiring.
Shu kabi savollarni o`quvchilar yopishtirilgan stikerlardan birini olib javob beradilar. Har bir to`g`ri javob uchun guruhlariga rag`bat qo`shadilar.
3-topshiriq. Test sinovi. Test savollar proyektor orqali ko`rsatiladi. 10ta test savoli slaydlarda navbat bilan o`kizilib turiladi. O`quvchilar testni ishlab bo`lganidan so`ng hamma javobni tekshirib oladi. Test kaliti grafik asosida beriladi.
A B C D
1 .
2 .
3 .
4 .
5 .
6 .
7 .
8 .
9 .
10 .
Shu shakl asosida javob tekshiriladi. Belgilangan nuqtalar tutashtirilib shu ko`rinishdagi shakl chiqilsa barcha javoblar to`g`ri hisoblanadi.
4-topshiriq. Tarixiy obrazlar namoyishi. Fanlararo bog`liqlik metodi yordamida har bir guruh tarixiy obraz yaratadi va shu obrazga berilgan topshiriq asosida matn tuzib ta’rif beradilar. Eng yaxshi ta’rif bergan guruh g`olib bo`ladi.
1-guruh “Navoiy shaydolari” Navoiyning yoshligini ko`rsatib berdilar. Guruh a’zolari “Zulmat ichra nur ” asari asosida Alisherning bolaligini ko`rsatib beradilar va obrazga ta’rif beradilar.
2-guruh “To`maris izdoshlari” jasur va sarkarda ayol To`maris obrazini yaratadilar va shu obraziga o`zlarining taassurotlari asosida ta’rif beradilar.
3-guruh “Temurbeklar” buyuk, adolatli sarkarda bobomiz Amir Temur obrazini namoyish etadi va guruh a’zolari tomonidan obrazga ta’rif beriladi.
5-topshiriq. “Uyingni top” metodi orqali dars jarayonida kam qatnashgan yoki deyarli qatnashmagan o`quvchilar bilan ishlanadi. Ularga undosh tovushlar yozilgan tarqatmalar beriladi va “Uyingni top”, “Uyingni top” deya yo`l ko`rsatiladi. Qo`lidagi undosh tovushga qarab o`quvchilar doskaga yopishtirilgan “Jarangli” va “Jarangsiz” deb nomlangan uychalarga yopishtiradilar. Har bir javob uchun rag`bat yoki jarima kartochkalarini guruhlariga taqdim etadilar.
O`quvchilarning siyosiy madaniyatini shakllantirish va guruh faolini aniqlash maqsadida kichik saylov o`tkiziladi. Har bir o`quvchi alohida qog`ozchaga darsda faol qatnashgan o`quvchi nomini yozadi. Guruh sardorlari yordamida ovozlar hisoblanib eng faol qatnashgan o`quvchi nomi e’lon qilinadi. Ochiq darsdagi faol ishtiroki uchun maqtov yorlig`i bilan taqdirlanadi.
So`ng guruhlardagi rag`bat va jarimalar soni aniqlanib, eng ko`p rag`bat to`plagan guruh a’zolari 5 baho bilan, dars davomida ko`p qatnashgan boshqa guruh ishtirokchilari ham 5 va 4 baholar bilan baholanadi.
UYGA VAZIFA: darslikda berilgan topshiriq asosida jahon xalq maqollarini ko`chiring va qator undoshli so`zlar tagiga chizing.
|
| |