5-Laboratoriya ishi.
Ishning nomi:
Elektron doska yordamida amaliy-laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
Ishning maqsadi:
Elektron doska yordamida amaliy-laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tkazishni o‘rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar:
Kompyuter, proyektor, elektron doska
Ish haqida nazariy ma’lumot
StarBoard interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proyektor orqali
namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video
va audio ma’lumotlar va obyektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular
ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Quyida foydalanuvchi uchun boshlang‘ich amallarni bajarish usullari
keltirilgan. Keltirilgan amallarni o‘qish bilan birga bajarish tavsiya etiladi.
Salomlashish oynasi:
StarBoard Software ishga tushirilganda quyidagi ekran namoyon bo‘ladi.
25-rasm.
Bu ekran ish rejimini tanlash imkonini beradi. Misol uchun interaktiv
doskadan foydalanish uchun [Интерактивная доска] tanlanadi(25-rasm).
Uskunalar paneli:
StarBoard Software Uskunalar Paneli rejimi ishga
24-rasm.
Tayyorlash:
StarBoard ulanishini tekshiriladi (zarur
holatda
kalibrovka
amalga
oshiriladi)(24-rasm).
tushirilganda quyidagi ekran hosil bo‘ladi(26-rasm).
26-rasm.
Uskunalar Paneli yordamida barcha amallar bajariladi(27-rasm).
27-rasm.
Chizish / O‘chirish:
[Перо]
chiziq chizishda foydalaniladi.
O‘chirish uchun Uskunalar panelidagi [Ластик]
dan foydalaniladi.
Ekranni to‘liq tozalash uchun [Очистить]
tugmasidan foydalaniladi.
Перо rangini o‘zgartirish uchun [Палитра]
tanlanadi.
Chiziq qalinligini o‘zgartirish uchun
tugmasidan foydalaniladi(28-rasm).
28-rasm.
Siljitish:
Sahifani siljitish uchun [Прокрутка]
tugmasini bosgan holatda
tepaga/pastga o‘tkaziladi. [Навигация]
tugmasi ham o‘tkazish uchun
ishlatiladi. Uni bosgan holatda quyidagi muloqot oynasi chiqadi(29-rasm):
29-rasm.
Sahifa qo‘shish:
Yangi sahifa qo‘shish uchun
tugmasi bosiladi.
Shuningdek, [Шаблон...]
tugmasi yordamida ham yangi sahifa yaratish
mumkin. Ixtiyoriy shablon tanlab sahifa yaratish mumkin(30-rasm).
30-rasm.
Sahifaga o‘tish:
Bir nechta sahifadan iborat hujjatda sahifalararo oldinga va
orqaga o‘tish mumkin: orqaga – [Назад]
, oldinga – [Вперед]
.
Shuningdek, sahifalar ro‘yxati orqali ham o‘tish mumkin: [Список Страниц]
.
Saqlash / Ma’lumotlarni chop etish:
Yangi ma’lumotni saqlash dasturdan
chiqish vaqtida amalga oshiriladi.
Ayni vaqtdagi holatni saqlash uchun Uskunalar panelidagi [Сохранить]
tugmasi bosiladi.
[Список Страниц]
muloqot oynasida ma’lumotni xohlagan vaqtda
saqlash mumkin(31-rasm).
31-rasm.
Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi. Ma’lumotni chop
etish uchun [Печать] tugmasi bosiladi.
Ishni tugatish:
Ishni tugatish uchun [Выход]
tugmasi bosiladi.
32-rasm.
Ma’lumotni saqlash uchun [Сохранить] tugmasi bosiladi(32-rasm). Bu kabi
yangi texnika vositalari va texnologiyalari yordamida ta’limda dars
samaradorligini oshirish hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan maqsad bo‘lishi
lozim.
Topshiriqlar:
1.Informatika fanidan tanlangan mavzu bo‘yicha elektron doska yordamida
amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga oid o‘quv materiali tayyorlang.
1-topshiriqni bajarish tartibi:
a. ziyonet.uz, utube.uz, qarshidu.uz va elektron doska dasturining
yordamchi panelidan foydalanib mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar to‘plang.
b. Olingan ma’lumotlar asosida tanlangan mavzu bo’yicha elektron doskadan
foydalaniladigan amaliy mashg’ulot uchun dars ishlanma tayyorlang
|