• Kerakli komponentlar
  • 1.1 listing
  • Amaliy ishning bajarilish tartibi
  • 5-laboratoriya ishi Mavzu: mBlock dasturi asosida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish Amaliy ishning maqsadi




    Download 195,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana07.12.2023
    Hajmi195,64 Kb.
    #113240
    Bog'liq
    5-laboratoriya ishi



    5-laboratoriya ishi 
    Mavzu: mBlock dasturi asosida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish 
     
    Amaliy ishning maqsadi. 
    Bu amaliy ishda yorug‘lik diodini boshqarish о‘rganiladi. О‘chirib yondirish 
    amalga oshiriladi.
    Kerakli komponentlar:
    ArduinoUNO kontrolleri;
    ➢ sxemani yig‘ish uchun plata;
    ➢ yorug‘lik diodi;
    ➢ qarshilik 220 Om;
    ➢ razyemli simlar.
    Yorug‘lik diodi – bu elektr tokini bevosita yorug‘lik nuriga о‘zgartiruvchi. 
    Inglizchasiga yorug‘lik diodini lightemittingdiode deb ataladi yoki LED. Yorug‘lik 
    diodini yorug‘lik kо‘rsatgichlari unda ishlatilgan yarimо‘tkazgichning kimyoviy 
    tarkibiga bog‘liq. Yorug‘lik diodi spektorning tor qismda nurlanadi, uning yorug‘ligi 
    tiniq. Yorug‘lik diodi mexanik jihatdan puxta va nihoyatda ishonchli, uning ishlash 
    muddati 100 ming soatgach yetishi mumkin, lyuminessent lampaga nisbatan 5-10 
    marotaba kо‘p. Yorug‘lik diodi past voltli element bо‘lganligi uchun u xavfsiz. 
    Yorug‘lik diodlari qutbli, ularni qaysi yо‘nalishda ulashning ahamiyati bor. 
    Yorug‘lik diodining musbat oyoqchasida (ozroq uzun) anod deb ataladi, manfiy 
    oyoqchasi – katod. Barcha diodlar kabi yorug‘lik diodlari ham tokni bir taraftga 
    oqishini ta’minlaydi – anoddan katodga. Tok musbatdan manfiyga qarab oqqani 
    uchun yorug‘lik diodining anodiga raqamli 5 V signal ulanishi kerak, katodi esa 
    yerga ulanishi kerak. 
    Biz yorug‘lik diodini Arduino ning raqamli D10 oyoqchasiga qarshilik bilan 
    ketma-ket ulaymiz. Yorug‘lik diodlari har doim qarshilik bilan birga ketma-ket 
    ulanishi kerak, qarshilik tok bо‘yicha cheklovchi sifatida ishlatiladi. Qarshilikning 
    qiymati qancha katta bо‘lsa u shuncha katta tokdan chegaralaydi. Bu amaliy ishda 
    220 Om qiymatga ega bо‘lgan qarshilik ishlatiladi. Ulanish sxemasi 1-rasmda 
    keltirilgan. 
    Cheklovchi qarshilikni qanday tanlash kerakligini va qarshilik qiymati 
    yorug‘lik diodining yorqinligiga qanday ta’sir etishini 3 amaliy ishda kо‘riladi. 


    1-rasm. Yorug‘lik diodini ulash sxemasi
    Yorug‘lik diodini qarshilik bilan ketma-ket Arduino ning raqamli D10
    oyoqchasiga ulanadi. Sukut saqlash bо‘yicha Arduino ning barcha oyoqchalari 
    kirish kabi о‘zgartirilgan. Biz Arduino ning oyoqchalarini chiqish kabi ishlatamiz, 
    shuning uchun uni о‘zgartirish kerak bо‘ladi, buning uchun kontrollerga quyidagi 
    tegishli buyruq beriladi. 
    pinMode(10,OUTPUT); 
    Yorug‘lik diodini navbatma-navbat yonib о‘chishib turishi uchun Arduino 
    ning oyoqchasiga ma’lum vaqt oralig‘i bilan HIGH signalini (mantiqiy 1) va LOW 
    (mantiqiy 0) signalini berib turish kerak. Signalni о‘zgarish vaqti Arduino ning D10 
    oyoqchasi orqali delay() buyurug‘i yordamida о‘rnatiladi, u buyuruq sketchni 
    berilgan vaqt oralig‘ida ushlanish vaqtini millisekundlarda (ms) amalga oshiradi. 
    1.1 listingda (tuzilgan dasturni bosmadan chiqarilgan qog‘oz varog‘i) amaliy 
    ish sketchi keltirilgan. 
    1.1 listing
    constintLED=10; // 10 (D10) yorug‘lik diodini ulash uchun oyoqcha nomeri 
    voidsetup ()

    // Yorug‘lik diodi ulanadigan oyoqchani chiqish (OUTPUT) deb 
    о‘zgartiramiz
    pinMode(LED, OUTPUT);
    }
    void loop() 

    // oyoqchaga (HIGH) mantiqiy 1 berib yorug‘lik diodini yoqamiz
    digitalWrite(LED,HIGH);
    // skut 1 sek (1000 ms)
    delay(1000);
    // oyoqchaga (LOW) mantiqiy 0 berib yorug‘lik diodini о‘chiramiz 


    digitalWrite(LED,LOW);
    // skut 1 sek (1000 ms)
    delay(1000);

    Amaliy ishning bajarilish tartibi
    1.Yorug‘lik diodini uzun oyoqchasini (anod) D10 Arduino ning raqamli 
    chiqishiga ulanadi, boshqa oyoqchasini esa (katod) – 220 Om qarshilik orqali GND 
    oyoqchasiga ulanadi (1.1 chizmaga qaralsin). 
    2. 1.1 listingdagi sketchni Arduino ning platasiga yuklanadi. 
    3. Yorug‘lik diodini о‘chib yonish jarayonini kuzatiladi. 
    Endi, yorug‘lik diodini о‘chib yonish davrini о‘zgartirish bо‘yicha tajriba 
    о‘tkazishimiz mumkin, uni sketchda ushlanish vaqti qiymatini delay() funksiyasida 
    orqali о‘zgartirish mumin. 
    2-rasm. VBBda tuzilgan sxema 


    Yuqorida keltrilgan sxema uchun mBlock dasturidan foydalanib yorug’lik 
    diodini o’chirib yoqishni ko’rib chiqamiz: 
    3-rasm. mBlock orqali tuzilgan sketch 
    Bunda, Arduino UNO platasidagi 13, 12, 11-pinlaridan foydalanilgan. 
    Tayyor blok ko’rinishidagi sketchni Arduino UNO ga yuklashimiz uchun Arduino 
    IDE orqali sketchni qanday yuklagan bo’lsak xuddi shunday tartibda bu sketchni 
    ham yuklashimiz mumkin bo’ladi. Bunda ham albatta portni tanishtirib o’tishimiz 
    hamda yuklashimiz uchun bayroqchani bosishimini o’zi yetarli bo’ladi. 

    Download 195,64 Kb.




    Download 195,64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-laboratoriya ishi Mavzu: mBlock dasturi asosida yorug‘lik diodini o‘chirib yoqish Amaliy ishning maqsadi

    Download 195,64 Kb.
    Pdf ko'rish