• MS Power Point
  • MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010




    Download 1,27 Mb.
    bet2/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #237574
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5-labor ishi

    2. MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010 oynasi ko'rinishi oddiy va sodda bo'lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak bo'ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to'qqiz guruhga bo'lingan vkladkalar mavjud bo'lib, ularda:

    • Fayl - fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish

    • Glavnaya - slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va almashtirish

    • Vstavka - slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va multimediyalar joylash

    • Dizayn - slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash

    • Perexodi - bir slayddan boshqasiga o'tish, slaydni ko'rsatish vaqti va tovush o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish

    • Animatsiya - slayd o'byektlariga harakat, qo'shimcha harakat, slaydni ko'rsatish vaqtini o'rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko'rish

    • Pokaz slaydov - taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni sozlash

    • Retsenzirovanie - to'g'ri yozilganligini tekshirish, mtn yozilgan tilni o'zgartirish va izohlar o'rnatish

    • Vid - taqdimotni ko'rish rejimini o'zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash

    va boshqa amallarni bajarish buyruqlari jamlangan. MS Power Point oynasining ish sohasida yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga eslatmalar joylashtirish (zametki кslaydu) darchasi, tasmasida Glavnaya deb atalgan vkladkaga o'rnatilgan vosita(instrument)lar panellari nomlari va elementlari, quyi o'ng tarafida slaydlar bilan ishlash rejimlari va slayd masshtabi, chap tarafida barcha yaratilgan slaydlarning kichraytirilgan shakli ko'rinib turadi.

    MS Power Point 2010 oynasidagi Fayl vkladkasini tanlash orqali, yaratgan taqdimotingiz faylini boshqaruv elementlari yordamida namoyish uchun tayyorlashingiz mumkin. Bundan tashqari taqdimotdan foydalanishi imkoniyatini cheklash va uni himoyalashni amalga oshirish mumkin. Agar taqdimotga multimediya, ya’ni audio- va video- fayllari O’matilgan bo’lsa, u holda ularni zichlashtirgan holda saqlash orqali disk hotirasini tejash imkoniyatidan foydalanish mumkin.


    Yangi taqdimot yaratish va uni saqlash, boshqa taqdimotni ochish, tarqatma materiallar tayyorlash va slaydlarni chop etish kabi amallar ham Fayl vkladkasi yordamida bajariladi.

    MS Power Point 2010 ning Fayl vkladkasi tarkibi

    Download 1,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010

    Download 1,27 Mb.