Bir martali bloknot.
Bir martali bloknot (one time pad) yoki “Vemam shifri”
nomi bilan tanilgan kriptotizim bardoshli shifrlash algoritmi hisoblanib, tarixda keng
foydalanilgan bo‘lsada, ko‘p hollarda amalga oshirishning
imkoniyati mavjud
bo‘lmagan. Uning bir martali deb atalishiga asosiy sabab,
undagi kalitning
(bloknotning) bir marta foydalanilishi bo‘lib, uni aksariyat hollarda amalga
oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ushbu shifrlash algoritmi 8 ta simvoldan
iborat bo‘lgan alfavit bo‘lsin. Olingan alfavit simvollari va unga mos bo‘lgan binar
qiymatlar 5.2 - jadvalda keltirilgan. Alfavit simvollari va ularga mos bit qiymatlari
barcha uchun ochiq va sir saqlanmaydi.
5.2-rasm
Ochiq matn chun tanlangan alfavit
Simvollar
B
E
I
L
O
P
S
T
Binar
qiymat
000
001
010
011
100
101
110
111
Faraz
qilaylik, biror qonuniy foydalanuvchi A bir martali bloknotdan
foydalangan holda “POSSIBLE”
matnini shifrlab, o‘z sherigi B tomonga jo ‘natishi
talab etilsin. Ushbu ochiq matnning binar qiymatdagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
P
O
S
S
I
B
L
E
101
100
110
110
010
000
011
001
Bir martali bloknot usulida shifrlashda ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan
tasodifiy tanlangan kalitdan foydalaniladi. Shifrmatn ochiq matn va kalitga XOR
amalini qo‘llab hosil qilinadi (P - ochiq matn, K - kalit va C - shifrmatn): C = P(+)K.
XOR amali (+) quyida keltirilgan:
0(+)0 = 0
0 (+)1 = 1
1 (+) 0 = 1
1 (+)1 = 0
Jadvaldan, x (+) y (+) y = x tenglik o‘rinligini ko‘rish mumkin.
Bu esa bir
martali parol bilan rasshifrovkalashda shifrmatnga kalitni XOR amalida
bajarilishining o‘zi yetarligini ko‘rsatadi: P = C(+)K.
Faraz qilaylik, A tomon 5.2-jadvaldagi ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan
quyidagi kalitga ega bo‘lsin:
111 101 110 101 111 100 000 101
A tomon ushbu kalit asosida shifrmatnni quyidagicha hisoblaydi:
P
O
S
S
I
B
L
E