• Kriptotizim (cryptosystem) - ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi. Kalit
  • Kerkgoff prinsipi
  • Shifrlash  (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish  jarayoni.  Rasshifrovkalash




    Download 435,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana15.05.2024
    Hajmi435,29 Kb.
    #234945
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    5-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari (4)

    Shifrlash 
    (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish 
    jarayoni. 
    Rasshifrovkalash 
    (decryption, deciphering)-shifrmatnni ochiq matnga 
    o‘zgartiruvchi teskari jarayon. 
    Deshifrlash 
    (breaking)-kalitni bilmasdan turib shifrmatn bo‘yicha ochiq 
    matnni tiklash jarayoni. 
    Rasshifrovkalash bilan deshifrlash orasidagi tafovutga e’tibor qarataylik: agar 
    rasshifrovkalash kriptografik algoritmdan foydalanilganda standart shtatli muolaja 
    hisoblansa, deshifrlash, ko‘proq kriptotahlilga taalluqli, kriptotizimni buzishdir. 
    “Shifrlash” umumiy atamasi shifrlash va rasshifrovkalash jarayonini bildiradi. 
    Kriptotizimlami buzish usullari kriptotahlil (cryptanalysis)ni o‘rganish 
    predmeti hisoblanadi. Kriptografiya va kriptotahlil uzviy bog‘langanliklari sababli, 
    ularni ko‘pincha birgalikda yagona fan - kriptologiya (cryptology) (kryptos - mahfiy, 
    logos- ilm) sifatida qabul qilinadi. 
    Kriptotizim 
    (cryptosystem) - ochiq matnni, har biri mos algoritm va kalit 
    orqali aniqlanuvchi, shifrmatnga qaytariluvchan o‘zgartirishlar oilasi. 
    Kalit
    (key), yoki kriptoo‘zgaruvchi (cryptovariable) - o‘zgartirishlar oilasidan 
    birini tanlashni ta’minlovchi kriptografik algoritmning qandaydir parametrlarining 
    muayyan qiymati. 


    Kriptotizimning “qora quti” sifatidagi ko‘rinishi 5.1 - rasmda keltirilgan. 
    5.1-rasm. Kriptotizimning “qora quti”sifatidagi ko‘rinishi 
    Kriptotizimni ikki tarkibli algoritm va kalitdan iborat ekanligiga asoslangan 
    holda 
    Kerkgoff prinsipi
    ni eslatib o‘tish lozim. Ushbu prinsipga binoan faqat kalit 
    sir saqlanishi, shifrlash algoritmi esa ochiq bo‘lishi lozim. Bu degani, agar niyati 
    buzuq algoritmni bilgan taqdirda ham tizim obro‘sizlanmaydi. Kalitni esa 
    almashtirish mumkin. Klod Shennon ushbu prinsipni “Dushman tizimni biladi” deb 
    ta’riflagan. 
    Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma’lumotni shifrlash va kodlash 
    tushunchalarini bir xil deb tushunishadi. Aslida ular turlicha tushunchalardir.
    Kodlash
    - ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki 
    hujumchiga ham) ochiq bo‘lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga 
    o‘zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun 
    amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‘lgan sxemalardan foydalanadi. 

    Download 435,29 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 435,29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shifrlash  (encryption, enciphering)-ochiq matnni shifrmatnga o‘zgartirish  jarayoni.  Rasshifrovkalash

    Download 435,29 Kb.
    Pdf ko'rish