Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari




Download 435,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.05.2024
Hajmi435,29 Kb.
#234945
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-Mavzu.Kriptografiyaning asosiy tushunchalari (4)

Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari.
Kriptografiyani quyidagi bo‘limlarga ajratish 
mumkin: 
1.
Simmetrik kalitli kriptografiya
. Simmetrik kalitli kriptografiyaning umumiy 
ko‘rinishi 5.1-rasmdagi kabi bo‘lib, ma’lumotni shifrlash va rasshifrovkalashda 
yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi. Shuning uchun simmetrik kalitli 
kriptotizimlami - bir kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Demak, simmetrik 
kalitli shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir xil kalit 
mavjud bo‘lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil qilinadi va maxsus 
usullar asosida ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda yetkaziladi. 


2.
Ochiq kalitli kriptografiya
. Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki asimmetrik 
kriptografiya deb ham ataladi) maTumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti 
bilan amalga oshirilsa, uni rasshifrovkalash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlami ikki kalitli 
kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy 
ko‘rinishi 3.2-rasmda keltirilgan. 
5.2-rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ко ‘rinishi 
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun 
dastlab, jo ‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi kerak. Qabul 
qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va u 
bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek
shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni 
rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi 
tomonidan xavfsiz saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmasligi 
kerak. 
3.
Xesh funksiyalar
. Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini kafolatlash 
maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi davomida o‘zgarishga 
uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. Xesh-funksiyalarda odatda kiruvchi 
ma’lumotning uzunligi o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi 
qiymatni qaytaradi. Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, 0 ‘z DSt 
1106:2009 lami misol sifatida keltirish mumkin. 
Odatda kriptografiyada ma’lumotlarnishifrlashda (rasshifrovkalashda) ikki 
turdagi akslantirishlardan foydalaniladi. Ulardan biri о ‘rniga qo yish (substitution) 
akslantirishi, ikkinchisi о ‘rin almashtirish (permutation) akslantirishi. 
О‘rniga qoyish akslantirishi.
Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy 
simmetrik kriptografik algoritmlaming asosi hisoblanadi. 0 ‘miga qo‘yish 
akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan olinib, unga mos shifrmatn 
simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi. 


Sodda ko‘rinishda olingan o‘rnigaqo‘yish akslantirish amali asosida shifrlash 
uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda shifrlash usuli Sezar nomi bilan 
mashhur. Masalan, agar ochiq matn “HELLO” ga teng bo‘lsa, unga mos holda 
shifrmatn “KHOOR” ga teng bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn 
alfavitidan 3 ta pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash 
kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (5.1-jadval). Rasshifrovkalash jarayonida 
esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga mos ochiq matn 
alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn “ILUVW” ga teng 
bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST” ga teng bo‘ladi. 
5.1-rasm 
O ‘miga qo ‘yish akslantirishiga misol 
O
ch
iq
mat
n
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z 
Sh
ifr 
mat
n
D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z A B C 
0 ‘rin almashtirish akslantirishi
. Ushbu akslantirishga ko‘ra, ochiq matn 
simvollarining o‘mi biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matada 
ishtirok etgan simvollar shifrmatnda ham ishtirok etib, faqat ulaming o‘mi 
almashgan bo‘ladi (5.3-rasm). 
5.3-rasm. Sodda o ‘rin almashtirish usuliga misol 

Download 435,29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 435,29 Kb.
Pdf ko'rish