• IPsec protokoli
  • SET protokoli
  • 5-ma’ruza Mavzu: Tarmoq xavfsizligi standartlari




    Download 424,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi424,43 Kb.
    #231793
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5 - Ma\'ruza

    SSL protokoli
    SSL (Secure Socket Laer) protokoli - tarmoq orqali xavfsiz uzatish uchun ma’lumotlarni 
    shifrlash bilan mashhur bo‘lgan tarmoq protokoli. Bu xavfsiz ulanishni o‘rnatishga, ma’lumotlar 
    yaxlitligini boshqarishga va tegishli turli xil vazifalarni hal qilishga imkon beradi. SSL protokoli 
    zamonaviy kriptografiya yordamida xizmat protokollari (masalan, IITTR FFP va boshqalar) va 
    transport protokollari (TCP/IP) o‘rtasida ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlaydi. 
    IPsec protokoli


    4
    IPsec spesifikatsiyasi IPv6 standartining bir qismidir va TCP/IP protokolining joriy versiyasini 
    to‘ldiradi. U IETFning IP xavfsizligi bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. IPsec hozirda 
    tegishli RFC standartlarini ifodalovchi uchta algoritmga bog‘liq bo‘lmagan asosiy texnik 
    xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. IPsec tarmoqdagi (uchinchi) IP-sathdagi trafikni shifrlashning standart 
    usulini taqdim etadi va ishlayotgan dasturdan qat’i nazar, ma’lumotni boshidan ohirigacha shifrlash 
    bilan himoya qiladi, shu bilan birga kanal orqali o‘tayotgan har bir ma’lumot paketini shifrlaydi. Bu 
    tashkilotlarga Internetda virtual xususiy tarmoqlarni yaratishga imkon beradi. 
    SET protokoli
    SET (Secure Socket Layer) protokoli Internet orqali elektron tijoratni tashkil qilish uchun 
    mo‘ljallangan Internetdagi xavfsiz elektron operatsiyalar uchun standart hisoblanadi. SET protokoli 
    X.509 standartiga muvofiq raqamli sertifikatlardan foydalanishga asoslangan. 
    SET xavfsiz tranzaksiya protokoli bu IBM, GlobeSet va boshqa sheriklarning muhim hissalari 
    bilan MasterCard va Visa tomonidan ishlab chiqilgan standartdir. Bu xaridorlarga xavfsiz to‘lovlarni 
    qayta ishlash mexanizmidan foydalangan holda tovarlarni onlayn sotib olish imkoniyatini beradi. 
    SET - Internetdagi plastik kartalar yordamida xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun ochiq 
    standart ko‘p tomonlama protokoldir. SET savdo karta egasi va savdogar bankining to‘lovga 
    tayyorligini, shuningdek xabarning yaxlitligi va maxfiyligini, qimmatli va maxfiy ma’lumotlarning 
    shifrlanishini tekshirish uchun hisobvarag‘ining o‘zaro ishonchliligini ta’minlaydi. Shuning uchun 
    SET-ni Internet orqali plastik kartalar yordamida xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun standart 
    texnologiya yoki protokollar tizimi deb atash to‘g‘ri bo‘lar edi. SET xaridorlarga va savdogarlarga 
    kriptografiya yordamida, shu jumladan raqamli sertifikatlardan foydalangan holda Internetda amalga 
    oshirilayotgan bitimning barcha tomonlarini tasdiqlash imkoniyatini beradi. 
    Potensial elektron tijorat savdosi xaridorlar, sotuvchilar va onlayn xavfsizlik bilan bog‘liq 
    moliyaviy institutlar birgalikda taqdim etadigan axborot xavfsizligi darajasi bilan cheklangan. Avval 
    aytib o‘tganimizdek, axborotni himoya qilishning asosiy vazifalari uning mavjudligi, maxfiyligi, 
    yaxlitligi va huquqiy ahamiyatini ta’minlashdir. SET, boshqa protokollardan farqli o‘laroq, umuman 
    ma’lumotlarni himoya qilishning belgilangan muammolarini hal qilishga imkon beradi. 
    SET elektron tijorat operatsiyalari uchun quyidagi maxsus xavfsizlik talablariga javob beradi: 

    to‘lov ma’lumotlarining maxfiyligi va to‘lov ma’lumotlari bilan birga uzatiladigan 
    buyurtma ma’lumotlarining maxfiyligi; 

    to‘lov ma’lumotlarining yaxlitligini ta’minlash. 
    Yelektron raqamli imzo yordamida to‘lov ma’lumotlarining yaxlitligi ta’minlanadi: 

    autentifikatsiya qilish uchun ochiq kalit bilan maxsus kriptografiya; 

    karta egasining autentifikatsiyasi. Bu raqamli imzo va karta egasining sertifikatlaridan 
    foydalanish bilan ta’minlanadi; 

    sotuvchining autentifikatsiyasi va uning raqamli imzo va sotuvchining sertifikatlari 
    yordamida plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni qabul qilish qobiliyati; 

    savdogar bankining kartalarni qayta ishlash tizimi bilan aloqa orqali plastik kartalar 
    orqali to‘lovlarni qabul qila oladigan operatsion tashkilot yekanligi haqidagi autentifikatsiya. Sotuvchi 
    banki elektron raqamli imzo va sotuvchi bank sertifikatlari yordamida autentifikatsiya qilinadi; 

    barcha tomonlar uchun ochiq kalit sertifikati autentifikatsiyasi natijasida operatsiyalar 
    uchun to‘lovlarni to‘lashga tayyorlik; 

    kriptografiyadan ustun foydalanish orqali ma’lumotlarni uzatish xavfsizligi. 
    SET-ning asosiy afzalligi, ko‘plab mavjud axborot xavfsizligi tizimlari bilan taqqoslaganda
    karta egasi, savdogarlar va savdogar banklarini Visa va MasterCard to‘lov tizimlarining bir qator bank 
    muassasalari bilan bog‘laydigan raqamli sertifikatlardan foydalanish (X.509 standarti, 3-versiyasi), 
    bundan tashqari, SET bank, karta egalari va savdogarlar o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni saqlashga 
    imkon beradi va mavjud tizimlar bilan birlashadi. 

    Download 424,43 Kb.
    1   2   3   4




    Download 424,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza Mavzu: Tarmoq xavfsizligi standartlari

    Download 424,43 Kb.
    Pdf ko'rish