|
Gidrostatik sath o‘lchagichlari
|
bet | 2/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 140,53 Kb. | | #160197 |
Bog'liq 5-ma\'ruza. Ssthni o\'lchash usullari va asboblariGidrostatik sath o‘lchagichlari. Gidrostatik sath o‘lchagichlari ochiq idish hamda bosim ostidagi idishlarda turli suyuqliklar (jumladan, agressiv, tez kristallanuvchi va qovushoq moddalar) sathni o‘lchashda ishlatiladi. Gidrostatik sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathni o‘lchash suyuqlik ustuni hosil qiladigan bosimni o‘lchash bilan amalga oshiriladi, ya’ni:
(8)
(8) tenglama bosimni o‘lchash asosida ishlaydigan sath o‘lchagichlari qurish mumkinligini ko‘rsatadi.
2-rasm. Ochiq idishdagi suyuqlik sathini difmanometr bilan o’lchash:
1-difmanometr, 2-idish.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini difmanometr yordamida o‘lchaydigan gidrostatik sath o‘lchagichlar difmanometrik sath o‘lchagichlar deb ataladi. Difmanometr sezgir elementiga ta’sir etadigan bosimlar farqini o‘lchaydi. Shu bosimlar uchun (8) tenglamaga mos ravishda quyidagi ifodalarni yozish mumkin:
(9)
(10)
Shunday qilib, difmanometr idishdagi nazorat qilinadigan suyuqlik sath H orqali ifodalanadigan bosimlar farqini o‘lchaydi:
(11)
3-rasm. Yopiq idishda bosim ostidagi suyuqlik sathini difmanometr bilan o’lchash
1-impulsli naycha, 2-difmanometr, 3-idishdagi havo bo’shlig’i, 4-muvozanatlashtiruvchi idish
Agar ikkala impulsli naychadagi suyuklik zichligi bir xil bo‘lsa va bo‘lsa, u holda:
(12)
bu erda,
(11) va (12) lardan ko‘rinadiki, difmanometrik sath o‘lchagichining ko‘rsatishi nazorat qilinayotgan muhitning zichligi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi.
Suyuqlikning gidrostatik bosimini havo bosimiga o‘zgartiruvchi gidrostatik sath o‘lchagich pezometrik sath o‘lchagich deb ataladi.
|
| |