|
-rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi
|
bet | 3/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 140,53 Kb. | | #160197 |
Bog'liq 5-ma\'ruza. Ssthni o\'lchash usullari va asboblari4-rasm. Pezometrik sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi
Bu asboblar zichligi o‘zgarmas suyuqlik ustunining bosimini o‘lchashga mo‘ljallangan. Suyuqlik ustunining bosimi uning balandligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Suyuqlik sath tizimda barqarorlangan bosim bo‘yicha topiladi:
(13)
bu erda, H:
bu erda, — idishda suyuqliklar ustidagi bosim, —manometrdagi bosim.
Elektr sath o‘lchagichlari. Elektr sath o‘lchagichlarda suyuqlik sathning holati biror elektr signaliga o‘zgartiriladi.
Suyuqlik sathining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda elektrodlar orasidagi elektr sig‘im o‘zgarishiga asoslangan asbob sig‘imli sath o‘lchagich deb ataladi. Suyuqlik sathini sig‘imli sath o‘lchagich yordamida o‘lchashning prinsipial sxemasi 5-rasmda ko‘rsatilgan. Bu o‘lchagich silindrik kondensator va o‘lchov asbobidan iborat. Sath o‘lchanishi kerak bo‘lgan suyuqlik quyilgan idishga izolyasion material bilan qoplapgan elektrod tushiriladi. Elektrod idish devorlari bilan birgalikda silindrik kondensatorni hosil qiladi, uning sig‘imi suyuqlik sathi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Sig‘imning kattaligi elektron kuchaytirgich orqali kuchaytirilib, signalizator yoki o‘lchov asbobiga uzatiladi.
5-rasm. Sig’imli sath o’lchagichning sxemasi.
1-idish, 2-elektrod, 3-elektron kuchaytirgich, 4-o’lchov asbobi.
O‘zgartkichning sig‘imi ikki qism sig‘imi — suyuqlikka botirilgan dielektrik o‘tkazuvchanlikli va muhitda joylashgan (havo uchun ) dielektrik o‘tkazuvchanlikli qismlar sig‘imlari yig‘indisiga teng.
Silindrik o‘zgartkichning sig‘imi (5-rasm, b) quyidagicha ifodalanadi:
(14)
bu erda, h — sathning o‘lchanayotgan balandligi, sm; H — idish balandligi, sm; D va d — o‘zgartkich naychalarining tashqi va ichki diametrlari, sm; C — silindrik o‘zgartkichning sig‘imi, p F.
|
| |