|
5-Ma’ruza Sathni o’lchash usullari va saboblari Sath
|
bet | 4/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 140,53 Kb. | | #160197 |
Bog'liq 5-ma\'ruza. Ssthni o\'lchash usullari va asboblariElektr o‘tkazuvchanlikka (aktiv qarshiligining o‘zgarishiga) asoslangan sath o‘lchagichlar elektr o‘tkazuvchan suyuqliklar sathni nazorat qilish, signalizasiya va rostlash uchun xizmat qiladi.
6-rasm. Sath signalizatorining sxemasi:
1-idish, 2-transformator, 3-rele cho’lg’ami, 4-elektrodlar, 5-rele kontakti
6-rasmda sath signalizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Signalizatorning ishlash prinsipi elektrodlar suyuqlik orqali ulanishi bilan rele chulg‘ami dan tok o‘tishi va uning kontakti ulanishi bilan signal lampasi SL yonib, yorug‘lik signali berishiga asoslanadi. Elektrodlar ta’minlovchi transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga elektromagnit rele chulg‘ami orqali ulangan. Suyuqlik sathi elektrodlargacha ko‘tarilib, ularni ulasa, suyuqliklarning o‘tkazuvchanligi tufayli signal lampasi SL yonadi, aksincha, suyuqlik sathi pastga tushib elektrodlarni uzsa, signal lampasi o‘chadi.
Induktiv sath o‘lchagichlarning ishlash prinsipi bitta g‘altak induktivligi yoki ikki g‘altakning o‘z induksiyasi ularning elektr o‘tkazuvchisuyuqlikka botirilgan chuqurligiga bog‘liqligiga asoslangan.
Ikkala g‘altak induktivligi L1 va L2 o‘zgartirilganda ularning o‘z induktivligi tenglamaga mos ravishda o‘zgaradi,
(15)
bu erda, K — tarqatish oqimi bilan aniqlanadigan aloqa koeffisienti.
Radioizotopli sath o‘lchagichlari. Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha bo‘lgan ikki muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muxitlarning chegarasi o‘zgarishi bilan nurlanish o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchilardan iborat.
j-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi eksponensial munosabat bilan ifodalanadi:
(16)
bu erda, I0 — j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ — moddaning tabiati va uning qatlami qalinligi x ga bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffisienti.
|
| |