|
Ultratovushli sath o‘lchagichlari
|
bet | 5/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 140,53 Kb. | | #160197 |
Bog'liq 5-ma\'ruza. Ssthni o\'lchash usullari va asboblariUltratovushli sath o‘lchagichlari. boshqa asboblarga nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inersionlik, katta chegarada va agressiv suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o‘lchash sxemalarining murakkabligi, shuningdek, etarli darajada ishonchli bo‘lmagani sababli, bu asboblar boshqa qurilmalardan foydalanish mumkin bo‘lmagandagina ishlatiladi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik, gaz (havo) chegarasidan tovush to‘lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagiτvaqt bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni:
(17)
bu erda, H — suyuqlik sathi; C — suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi.
Radioto‘lqinli sath o‘lchagichlari Elektromagnit to‘lqinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathiga bog‘liqligiga asoslangan sath o‘lchagichlar radioto‘lqinli sath o‘lchagichlar deb ataladi.
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 5.12-rasmda ko‘rsatilgan.
7-rasm. Radioizotopli sath o’lchagichning prinsipial sxemasi:
1-nurlanish manbai, 2-hisoblagich, 3-tok manbai, 4-qarshilik, 5-elektron kuchaytirgich, 6-o’lchash asbobi
U radioaktiv nurlanish manbai, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich elektr toki manbai, qarshilik, elektron kuchaytirgich va o‘lchash asbobidan iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim o‘rnatilgan. Silindr devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi boshlangandagina hisoblagich va qarshilik zanjirida tok hosil bo‘ladi. Bu tok miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish ichidagi suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok nolga yakin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra esa o‘lchov asbobiga uzatiladi.
Elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish tezligi muhitda uning dielektrik va magnit o‘tkazuvchanligi qiymatlari bilan topiladi:
(18)
bu erda, S —vakuumda yorug‘lik tezligi.
Sath h qiymati nur tarqatgich signalni jo‘natish payti bilan qaytgan signal qabul qilgichga kelgan payt orasidagi vaqtni aniqlash yordamida topiladi. Shu kattaliklar ushbu munosabat bilan bog‘langan;
(19)
Bu sath o‘lchagich ko‘rsatishlarining amalda suyuqlik xossalariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Bunday sath o‘lchagichlarning kamchiligi kichik vaqt oralig‘ini aniq o‘lchash qiyinligidir, ular nurlanish doirasida turgan boshqa predmetlarga g‘oyat sezgir. Suyuq metallarning sath o‘lchagichlari 200 mm gacha o‘lchash diapazoniga ega, o‘lchashnint asosiy xatoligi ±2%.
Nazorat savollari
1. Sath deb nimaga aytiladi?
2. Qalqovichli sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Gidrostatik sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Elektr sath balandligi o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring.
5. Ultratovushli sath o‘lchagichlari qanday sanoat tarmoqlarida ishlatiladi?
|
| |