Ta’minot jarayonining hisobi




Download 36.04 Kb.
bet4/7
Sana22.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#75076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Efiopiya va Somali o’lkasi, Baland turnikda osilgan holatda qo\'llarni bukish va yozish” mavz, 1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me, Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI, xojalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni
5.3. Ta’minot jarayonining hisobi
Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatgichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘linadi.
Qabul qilingan mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning haqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko‘rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag‘lari va boshqalar).
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va x.k.).
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
a) sotib olish;
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida;
c) bepulga olish;
d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi. Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol.Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati 10 000 000 so‘m.
Debet 0110-0190 “Asosiy vositalar”.
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan ulush sifatida olindi.
Boshlang‘ich qiymat 20 000 000 so‘m.
Eskirish summasi 4 000 000 so‘m.
Qoldiq qiymati 16 000 000 so‘m.
Asosiy vositaning kelishilgan qoldiq qiymatiga:
Debet 0110-0190 16 000 000 so‘m.
Kredit 4610 16 000 000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va umuman foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining boshlang‘ich qiymatini tashqil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilindi 5 000 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov hisoblandi 100 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi firmaga to‘lov hisoblandi 60 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
d) Kompyuter uchun to‘lov o‘tkazildi 5 000 000 so‘m.
Debet 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
e) Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 100 000 so‘m.
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
f) O‘rnatish xizmati uchun firmaga to‘lov o‘tkazildi 60 000 so‘m.
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida asosiy vosita foydalanishga topshirildi.
Debet 0150 5 160 000 so‘m.
Kredit 0820 5 160 000 so‘m.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni xarid qilish baholari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000 –“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da yuritiladi. mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.



Download 36.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 36.04 Kb.