Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati




Download 36.04 Kb.
bet2/7
Sana22.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#75076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Efiopiya va Somali o’lkasi, Baland turnikda osilgan holatda qo\'llarni bukish va yozish” mavz, 1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me, Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI, xojalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni
5.2. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati
Baholash yordamida xo‘jalik mablag‘lariga sarflangan va xo‘jalik jarayonlarida iste’mol qilingan, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlarini haqqoniy aks ettirish ta’minlanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablag‘larini baholashning negizini ularning haqiqiy tannarxini hisoblash tashkil etadi. Tannarx shakllanishi va ishlab chiqarishning alohida uchastkalaridagi boshqa qiymat o‘lchovlarining shakllanishi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun baholashning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Masalan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ularni sotib olish, qurish va barpo qilish dastlabki qiymati bo‘yicha hamda eskirishi chegirib tashlangan qoldiq, ya’ni sof qiymati bo‘yicha baholanadi. Eskirish yoki amortizatsiya hisoblash asosiy vositalarning bahosini aniqlashtirish usuli hisoblanadi. Xom-ashyo va materiallar, boshqa tovar-moddiy zaxiralari haqiqiy tannarxi bilan bir qatorda ulgurji narxlari, normativ tannarxi bo‘yicha; tayyor mahsulotlar-ishlab chiqarish reja tannarxi va normativ tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ish haqi hisoblash mohiyatiga ko‘ra mehnat o‘lchovini pul o‘lchoviga o‘tkazish usuli hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularninig tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham xajm jixatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritilayotganda, ular baholanadi.
Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘larini baholash uchun haqiqiy tannarx faqat ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish natijasida olinishi mumkin. Hisob-kitob asosida tannarxni aniqlash usuliga kalkulyatsiyalash deb ataladi. Baholash va kalkulyatsiyalash buxgalteriya hisobi metodining asosiy usullaridan bo‘lib, ularsiz buxgalteriya hisobining muhim umumlashtiruvchi qiymat o‘lchovlari to‘g‘risidagi axborotlarni shakllantiradigan tizim sifatidagi asosiy tavsifi ro‘yobga chiqmaydi. Erkin iqtisodiyot sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari, passivlari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari o‘zlarining aniq ifodasini qiymat shaklida aks ettirishi lozim. Xarajatlar va ishlab chiqarish natijalari, soliq, bank va boshqa kredit muassasalari, korxonalar hamda tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar, xususiy kapital va kapital qo‘yilmalarning harakati faqat qiymat shaklida aks ettirilishi mumkin va tegishli tarzda baholashni talab etadi.
Baholash va kalkulyatsiya xo‘jalik ko‘rsatkichlarini pulda ifodalash uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobi obyektlarini pulda o‘lchash usulidir. Bu usuldan foydalanish tovar - pul munosabatlarining mavjudligi bilan shartlangan. Bunday iqtisodiyotni rivojlantirish vositasi, qurollari hisoblangan pul, narx, tannarx, foyda, savdo, kredit, moliyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin.
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan belgilanadi.
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi.
Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi.
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material xarajatlardan tashkil topadi.
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga tushgan bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy qiymatliklar sotish bahosida baholanadi.
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi.
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi.
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati(Boshlang‘ich qiymat) bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar” nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003 y., O‘zR AVda 20.01.2004 y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qabul qilinadi:
a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda;
c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi.
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa.
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda, zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta baholash hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2001 y. 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan korrespondentsiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy vositalarni baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi.
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizatsiya qiymati- tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006 y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006 y. ro‘yxatga olingan):


Download 36.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 36.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati

Download 36.04 Kb.