Ishlab chiqarish jarayonining hisobi




Download 36.04 Kb.
bet5/7
Sana22.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#75076
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
Efiopiya va Somali o’lkasi, Baland turnikda osilgan holatda qo\'llarni bukish va yozish” mavz, 1. Hujjat haqida ma’lumot Hujjat turlari Hujjatlarga qo’yilga me, Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI, xojalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy hisobot shakllari va ularni
5.4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomda keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-ishlab chiqarish haqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 schyoti kretidan 2800–“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010–“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi.
T=X+B – O
bu yerdaT – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi;
X – ishlab chiqarish xarajatlari;
B – oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i;
O – oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i.



Download 36.04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 36.04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish jarayonining hisobi

Download 36.04 Kb.