5-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida reja




Download 2.11 Mb.
bet2/10
Sana03.04.2023
Hajmi2.11 Mb.
#48421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-Mavzu Umumiy pedagogika
# GAZ QONUNLARINING YARATILISHI, Elekromagnit induksiy xodisalari.doc, Pedagogik faoliyat, Determinat, matrisa, Mustaqil ish mavzulari Nyuton qonunlarini ta’riflang va formulal, 1- YARIM YILLIK TEST 7-SINF, Ikkinchi Sharq Uyg\'onish davri - Zohidov Muhammadsulton, Klassik mektepke alternativ táliymatlar. XIX ásirdiń birinshi yariminda izertlew ilimiy kontsepsiyalarınıń qáliplesiwi, Itimallar teoriyası. Tosınmalı shamalar., fizikavij-kimyovij olchashlar, 1 Kompyuterda axborotlarni tasvirlash, ishchi dastur 2021 elektronika va sxemalar2 (2), DTTL Norov, offer uz
Didaktika
ning obyekti
    • - o‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta ’lim berishdir.

Didaktika
ning predmeti
    • o‘rgatish (o‘qituvchi faoliyati) va o‘rganish (o‘quvchilarning bilish faoliyati), ularning o‘zaro harakati aks etadi

O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi.
Bularning barchasi o‘ qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilariga qo‘lga kiritilgan bilimlarni o‘rgatadi.
O‘quv faoliyatida ularni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi. Shu bilan bir paytda u o‘quvchilarda dunyoqarash va axloq normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shaklantiradi, ularning bilish faolligini oshiradi.
O‘qituvchining faoliyati o‘quvchi shaxsining maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi. Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi, ushbu jarayonda o‘quvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi.
O‘quvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi.
O‘z navbatida o‘quvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali faoliyatga tayyorlashga yo‘naltiradi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.

Download 2.11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida reja

Download 2.11 Mb.