• 5.O‘qitish jarayonining bosqichlari.
  • O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi




    Download 2.11 Mb.
    bet7/10
    Sana03.04.2023
    Hajmi2.11 Mb.
    #48421
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    5-Mavzu Umumiy pedagogika
    # GAZ QONUNLARINING YARATILISHI, Elekromagnit induksiy xodisalari.doc, Pedagogik faoliyat, Determinat, matrisa, Mustaqil ish mavzulari Nyuton qonunlarini ta’riflang va formulal, 1- YARIM YILLIK TEST 7-SINF, Ikkinchi Sharq Uyg\'onish davri - Zohidov Muhammadsulton, Klassik mektepke alternativ táliymatlar. XIX ásirdiń birinshi yariminda izertlew ilimiy kontsepsiyalarınıń qáliplesiwi, Itimallar teoriyası. Tosınmalı shamalar., fizikavij-kimyovij olchashlar, 1 Kompyuterda axborotlarni tasvirlash, ishchi dastur 2021 elektronika va sxemalar2 (2), DTTL Norov, offer uz

    O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.

    O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

    Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

    • O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
    • O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional- irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, ob’yektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.

    5.O‘qitish jarayonining bosqichlari. O‘qitish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘quv materiallarini rejali ravishda bilib olish jarayonidir. Bu jarayonni bilish bosqichidan iborat bo‘lgan tarkibiy qismlarga (yoki komponentarga) ajratish mumkin. O‘quvchi bilmaslikdan bilish, uddasidan chiqa olmaslikdan uddulay olish, malakalar hosil qilish yo‘lidan borib, ushbu bosqichlardan o‘tishi kerak.
    O‘qitish jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan iborat:
    • o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish;
    • uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi;
    • bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi;
    • hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).


    Download 2.11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi

    Download 2.11 Mb.