|
Bardoshli watermarking tizimlarini qurish usullari
|
bet | 3/7 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 25,97 Kb. | | #159100 |
Bog'liq 5-Mavzu Watermarking tizimlarini qurish usullari-fayllar.org2. Bardoshli watermarking tizimlarini qurish usullari
Amalda belgi mavjud kontent ma’lum o‘zgarishlarga uchragan taqdirda ham belgini topish imkoniyati mavjud. Bu ish odatda belgi mavjud kontent elementlarini saqlashga qaratilgan bo‘ladi. Boshqa usullarda esa belgi mavjud kontent ma’lum turdagi buzulishlarga qarshi qilib ishlab chiqiladi. Amalda belgi mavjud kontentda turli o‘zgartirishlarga bardoshli bo‘lishi kerak. Quyida bardoshlilik xususiyatini ta’minlash usullari tahlil etiladi.
Qoldiq ma’lumot qo‘shish. Odatda belgi mavjud kontent turli o‘zgarishlarga uchraganda, o‘zgarish kontent yuzasi bo‘ylab tekis taqsimlanmaydi. Boshqa so‘z bilan aytganda, o‘zgartirish kontentning ma’lum qismiga yoki ma’lum yuzasiga tasir etadi. Qolgan qismlar esa o‘zgirishsiz saqlanib qoladi. Bu holda belgi mavjud kontentni bardoshliligini ta’minlash usuli unga qo‘shimcha qoldiq ma’lumot qo‘shishdir. Qo‘shilgan qoldiq belgi ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Agar kontentdagi o‘zgarishlar natijasida belgining ma’lum qismi o‘zgarsa, o‘zgarmagan qismi orqali ularni tiklash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu usulda odatda xatoliklarni tuzatish kodlaridan keng foydalaniladi. O‘zgartirilgan ma’lumotni qayta tiklanish darajasi xatoliklarni tuzatish kodlari imkoniyati bilan o‘lchanadi.
Keng polasali spektrum kodlash. Agar chastotalar sohasidan foydalanilganda (audio signallarda), qoldiq ma’lumot qo‘shish usuli yangi keng polasali spektrum kodlash usulini keltirib chiqaradi. Bu usulda ma’lumot nol va birlardan iborat bo‘lgan ketma-ketlik holatiga keltiriladi. Shundan so‘ng kontent (audio signal) keng polasalar bo‘ylab tarqatiladi va ma’lumot bitlari bu polasalar uzra teng yoyiladi. Uzatilish davomida ma’lum chastotalarda o‘zgarish bo‘lgan taqdirda ham, boshqa chastotalarda ma’lumot bitlari saqlanib qoladi. Saqlangan ma’lumot bitlaridan xatoliklarni tuzatish kodlari orqali yo‘qotilgan ma’lumot bitlari tiklanadi.
5.1-rasm. Sodda keng polasali spektrum kodlash usuli
|
| |