• Belgilangan bardoshlilikka ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish.
  • 5-Mavzu: Watermarking tizimlarini qurish usullari




    Download 25,97 Kb.
    bet4/7
    Sana20.02.2024
    Hajmi25,97 Kb.
    #159100
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-Mavzu Watermarking tizimlarini qurish usullari-fayllar.org

    O‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan koeffisiyent o‘rniga qo‘yish usuli. Amalda xabar ma’lumotni kontentning barcha koeffisiyentlari o‘rniga yashirish to‘g‘ri sanalmaydi. Sababi, kontentning ba’zi koeffisiyentlari o‘zgarishlarga bardoshsiz sanaladi. Masalan, rasm tipidagi kontentlar Fure ko‘rinishidagi yuqori chastotalari o‘zgarishlarga bardoshsiz bo‘lib, odatda o‘zgarishlar shu qismlarga katta ta’sir qiladi. Bu esa ushbu sohada ma’lumotni yashirish mumkin emasligini keltirib chiqaradi.
    Bu usul kontent yuzasini o‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan va bardoshli sanalmagan qismlarga ajratish va ularda ma’lumot bitlarini yashirishga asoslangan. O‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan qism ma’lumot yashirishga mos bo‘lib, unda yashiringan ma’lumot o‘zgarishlarga bardoshli bo‘ladi. Aksincha, bardoshli sanalmagan qismlarga ma’lumot bitlarini yashirish ularni o‘zgarishlarga uchraganda o‘zgarishiga olib keladi.
    Ushbu usulning murakkabligi shundaki, o‘zgaruvchanlikka bardoshli sanalgan qismlarga ma’lumotni yashirish kontentning o‘zgarishiga katta tasir qiladi. O‘zgarishga bardoshli sanalmagan qismlar kontent o‘zgarishiga katta ta’sir etmasada, ularda ma’lumotni yashirish o‘zgarishlarga ta’sirli bo‘ladi. Masalan, muhimligi kam sanalgan bitlar o‘rniga ma’lumotlarni yashirish usulidan foydalanilganda, yashiringan ma’lumot kontent o‘zgarishiga katta ta’sir qilmasada, bu usulda belgili kontent o‘zgarishlarga ta’sirli sanaladi. Sodda misol sifatida olinsa, rasm pikseli 202 ga teng. Agar bu rasm o‘zgarishga uchragan taqdirda uni 201 yoki 203 ga o‘zgarishi uni 2 ga o‘zgarishiga qaraganda ko‘proq ehtimollikka ega.
    Belgilangan bardoshlilikka ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish. Yuqoridagi usulda kontent bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha o‘zgarishlarga qarshi bardoshli sanaladi. Ammo, amalda ko‘plab tizimlar faqat belgilangan o‘zgarishlarga bardoshli qilib ishlab chiqiladi. Masalan, watermarking tizimining maqsadidan kelib chiqib, unga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar o‘rganiladi va tizimni ishlab chiqishda ushbu o‘zgarishlarga qarshi usullardan foydalaniladi.
    Belgilangan bardoshlilikga ega koeffisiyentlar o‘rniga qo‘yish usulida ishlab chiqilgan tizimdagi embedder va detektorga kerakli bo‘lgan kontentdagi ma’lum koeffisiyent (masalan, pikseldagi belgilangan bit o‘rni) o‘rniga ma’lumot biti qo‘yiladi. Yuqoridagi usulda aniq belgilangan koeffisiyent o‘rniga ma’lumot bitlari qo‘yilsa, bu usulda har bir kontent xususiyatidan kelib chiqqan holda undan ma’lum koeffisiyentlar tanlanadi va ularning o‘rniga ma’lumot bitlari qo‘yiladi.

    Download 25,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 25,97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Mavzu: Watermarking tizimlarini qurish usullari

    Download 25,97 Kb.