• Embedderlarda oldindan invertlangan o‘zgarishlar asosida.
  • Detektorda o‘zgarishlarni




    Download 25,97 Kb.
    bet5/7
    Sana20.02.2024
    Hajmi25,97 Kb.
    #159100
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    5-Mavzu Watermarking tizimlarini qurish usullari-fayllar.org

    Detektorda o‘zgarishlarni invertlash. Yuqoridagi ko‘rib o‘tilgan barcha usullar qo‘yilgan belgini turli o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lishini ta’minlaydi. Bu usulda esa embedding jarayonida amalga oshirilgan biror jarayonni detektor tomonidan invertlashga asoslanadi. Ko‘plab jarayonlar aniq yoki qisman invertlanishi talab etiladi. Masalan, embedding jarayonida rasm soat strelkasi yo‘nalishida aylantirilsa, detektorlash jarayonida rasm soat strelkasi yo‘nalishiga teskari holda aylantiriladi. Agar embeddinglash va detektorlash oralig‘ida kontentga biror jarayon amalga oshirilsa, u holda detektor qisman invertlashni amalga oshiradi.
    Alternativ holda, watermarking algoritmlariga bog‘liq holda detektor tomonidan invertlash butun belgi qo‘yilgan kontentdagi o‘zgarishlar bo‘yicha emas, balki, faqat belgilar sohasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu holda detektor tomonidan invertlash uchun sarflanidagan quvvat va vaqt tejab qolinadi.
    O‘zgarishlarni invertlashdagi qiyin qadamlardan biri bu qaysi o‘zgarishni invertlash kerakligini aniqlashdir. Ko‘plab hollarda afsuski, detektor barcha o‘zgarishlarni invertlab, keyin belgini testlash orqali aniqlaydi.
    O‘zgarishlarni aniqlash ko‘rko‘rona detektorlarga qaraganda informativ detektorlar uchun osonroq bo‘lib, bu haqiqiy kontent va belgi qo‘yilgan kontent orasidagi o‘zgarishlarga ko‘ra aniqlanadi.
    Embedderlarda oldindan invertlangan o‘zgarishlar asosida. Ba’zi tizimlarda belgi qo‘yilgan kontentga bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar oldindan ma’lum bo‘ladi. Masalan, video ma’lumotlarni o‘quvchi DVD qurilmasi foydalanuvchi talablariga asosan high-definition television (HDTV) (rasm o‘lchami 16:9), NTSC va PAL (rasm o‘lchamlari 4:3) standartlarini o‘qish imkoniyatiga egaligi aytilgan bo‘lsin (5.2-rasm). Agar watermarking belgisi widescreen (16:9) holati uchun qo‘yilgan bo‘lsa, unda detektor bu holatdagi kontentdan belgini aniqlay oladi. Ammo, NTSC va PAL holatlari uchun u belgini aniqlay olmaydi. Sababi, ushbu holatda o‘tkazish uchun kontentga turli geometrik o‘zgarishlar olib boriladi.
    Demak, yuqoridagi hol uchun haqiqiy kontentdagi belgini ikki holat NTSC va PAL standartiga o‘tkazilgan holda ham o‘zgarmasligi talab etiladi. Buning uchun esa NTSC va PAL standartiga o‘tkazishda qo‘yilgan belgiga ta’sir etmaydigan geometrik o‘zgarishlarlarni amalga oshirishning o‘zi etarli. Boshqa so‘z bilan aytganda, Embedderlarda oldindan invertlangan o‘zgarishlar asosida bardoshlilikni ta’minlashda oldingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar aniqlanadi va qo‘yilgan belgini ushbu o‘zgarishlarga qarshi tura olishi ta’minlanadi.

    5.2-rasm. DVD da mavjud uch turdagi fayl turlari


    Embedderlarda oldindan invertlangan o‘zgarishlar asosida bardoshlilikni ta’minlashda quyidagi uchta bosqichdan foydalaniladi:

    - Haqiqiy kontentga kutilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishni amalga oshirish (NTSC yoki PAL holatiga o‘tkazish);


    - O‘zgartirilgan kontentga belgini qo‘yish. Bu holda embedder kontent o‘zgartirilganligini bilmaydi. U belgini o‘zgarmagan kontentga qo‘ygan kabi buni amalga oshiradi.
    - Belgi mavjud o‘zgartirilgan kontent ustida invert o‘zgartirish amalga oshiriladi.
    Ushbu usul invertlash to‘g‘ri amalga oshirilmagan holda aniqlilik xususiyatini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun yuqoridagi ketma- ketlikning oxirgi bosqichida ba’zi o‘zrartirishlarni kiritish talab etiladi. Boshqa so‘z bilan aytilganda jarayon biroz murakkablashtiriladi:
    - Haqiqiy kontentdan nusxa olinadi va uning ustida kutilgan o‘zgarish amalga oshiriladi va cd qiymat olinadi;
    - O‘zgartirilgan kontentga watermarking belgisi qo‘yiladi va cdw hosil qilinadi;
    - cd ga qo‘shili kerak bo‘lgan qiymat topiladi;
    - Haqiqiy kontentga qo‘yilishi kerak bo‘lgan wa belgini topish uchun wa kattalikni invertlanadi;
    - Nihoyat, olingan wa belgi c0 kontentga biriktirilib, cw qiymat olinadi.
    Agar cw kontentga kutilgan o‘zgartirishlar amalga oshirilganda, detektor tomonidan cdw belgiga teng bo‘lgan belgi aniqlanadi.
    5.3-rasm. Belgini biriktirish jarayoni

    Download 25,97 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 25,97 Kb.