|
-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki
|
bet | 20/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,54 Kb. | | #237718 |
Bog'liq 5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org9-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga ko‘maklashadi;
yong‘in nazoratining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
10-modda. Tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Tashkilotlar:
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
tegishli organlarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish;
o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
belgilangan tartibda yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot olish, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va bo‘linmalaridan axborot olish huquqiga ega.
Tashkilotlar:
yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlashi;
yong‘inga qarshi targ‘ibot o‘tkazishi va o‘z xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatishi;
o‘ziga qarashli yong‘inga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yong‘inga qarshi suv ta’minoti manbalarini, shu jumladan yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligi;
yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalariga yong‘inlarni o‘chirishda, shuningdek yong‘in nazorati organlariga yong‘inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishida va yong‘inlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda ko‘maklashishi;
o‘z hududidagi yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
yong‘indan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning o‘z hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa ob’ektlarga erkin kirishini ta’minlashi;
o‘ziga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligi holati to‘g‘risidagi, shu jumladan o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yong‘in xavfliligi haqidagi, shuningdek o‘z hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda hujjatlarni yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra taqdim etishi;
kelib chiqqan yong‘inlar, mavjud yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar to‘g‘risida, yo‘llar va tor ko‘chalarning holati o‘zgarganligi haqida yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda ko‘maklashishi shart.
Tashkilotlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
|
| |