|
yong‘in xavfsizligi talablari
|
bet | 17/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,54 Kb. | | #237718 |
Bog'liq 5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.orgyong‘in xavfsizligi talablari — yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar;
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi — yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
yong‘in-texnik mahsuloti — yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yong‘inni o‘chirish texnikasi va asbob-uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari, olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa vositalari;
yong‘inga qarshi rejim — yong‘in xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
yong‘inga qarshi alohida rejim — yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligining qo‘shimcha talablarini belgilash.
4-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi sub’ektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir.
2-bob. Davlat organlari va boshqa organlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
|
| |