|
-modda. Yong‘inga qarshi targ‘ibot va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish
|
bet | 25/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,54 Kb. | | #237718 |
Bog'liq 5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org18-modda. Yong‘inga qarshi targ‘ibot va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish
Yong‘inga qarshi targ‘ibot aniq maqsadni ko‘zlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, ko‘riklar, konferensiyalar o‘tkazish va aholini xabardor qilishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yong‘in xavfsizligi muammolari va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘llari haqida xabardor qilishdir.
Yong‘inga qarshi targ‘ibotni yong‘indan saqlash xizmati, shuningdek yong‘indan saqlash xizmati ko‘magida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar o‘tkazadi.
Tashkilotlarning xodimlariga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish ish beruvchilar (ma’muriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni majburiy tarzda o‘rgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan maxsus dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida bolalarga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, ularni kasbga yo‘naltirish, yong‘inga qarshi targ‘ibot tizimini takomillashtirish hamda yong‘inlarning oldini olishga va yong‘in chog‘ida to‘g‘ri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.
19-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan ta’minlash
Vakolatli organlar yong‘in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‘g‘risida o‘z vakolatlari doirasida Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
Faoliyati to‘liq yoki qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‘in xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda e’lon qilishi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
|
| |