|
-modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish
|
bet | 24/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,54 Kb. | | #237718 |
Bog'liq 5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org16-modda. Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish
Yong‘inni o‘chirishga rahbarlik qilish yong‘in joyiga etib kelgan yong‘indan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yong‘inni o‘chirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.
Yong‘inni o‘chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong‘inni o‘chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‘indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.
Yong‘inni o‘chirish rahbari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yong‘in chog‘ida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yong‘inni o‘chirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.
Yong‘inni o‘chirish rahbarining ko‘rsatmalari yong‘inni o‘chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
Yong‘in o‘chirilayotganda yong‘inni o‘chirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
17-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‘in xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yong‘inlar profilaktikasini ta’minlash va yong‘inlarni o‘chirish maqsadida bajariladi hamda ko‘rsatiladi. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yong‘in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish;
aholiga yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish;
yong‘inga qarshi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‘tkazish;
tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‘inlardan muhofaza qilish;
yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‘tkazish, xarid qilish va etkazib berish;
moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yong‘in xavfsizligi jihatidan sinovdan o‘tkazish;
loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish;
olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon ishlarini bajarish;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ularni ta’mirlash;
yong‘inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, olovni o‘chirish moddalarining sifatini tiklash.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin.
|
| |