Yong'in jarayoni, turlari, xususiyatlari va uning fazalari
Yong'in - bu nazorat qilib bo'lmaydi gan hodi sa bo'lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo'q qiluvchi, atrof muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir. Yong'inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya'ni2:
- yonuvchan modda (neft, qog'oz, yog'och va boshqalar);
- havo harorati (issiqlik);
- uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Xalq xo'jaligida yong'in chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- chekish paytida yong'inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo lish, yonuvchan moddalarni yoqish, gugurt bilan yoritish va boshqalar. Bunday yong'in umumiy yong'inning 26% ini tashkiJ qiladi;
- bolalarning o't bilan o'ynashi - 14 %;
- elektr jihozlarini boshqarish qoidalarini buzish natijasida - 13,5%;
- pechka va tutun quvurlarining noto'g'ri o'rnatilishi oqibatida -8,5%;
- isitgich jihozlaridan noto'g'ri foydalanishda - 8,3%;
- elektr moslamalarini montaj qilish qoidalarining buzilishi - 5%;
- payvandlash ishlarini bajarishda yong'in xavfsizlik qoidalarining buzilishi - 2,3%;
- texnologik jihozlarni boshqarish qoidalarining buzilishi - 1,2% ni tashkil etadi.
Demak, yong'inning birinchi sababiga kichik yong'in manbalari turtki bo'lishi mumkin, bular - sigaret qoldiqlari, uchqunlar va o'chirilmagan gugurt qoldiqlari; yuqori haroratli issiqlik manbalari - alanga, pechka va tutun chiqadigan quvurlarning qizigan konstruksiyalari va boshqalar bo'lishi mumkin.
Yong'in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo'ladi:
- ochiq alanga va uchqunlar;
- havo va predmetlardagi yuqori harorat;
- yong'indan paydo bo'lgan o'tkir zararli mahsulotlar;
- tutun;
- kislorod miqdorining pasayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi;
- portlashlar sodir bo'lishi;
- yong'in bo'lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi, yong'in suv bilan o'chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portiashlar yuz berishi va boshqalar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yongindan nobud bolganlarning 60-80% i nafas olish yo‘llarining zaharlanishi yoki toza havoning yetishmasligi oqibatida halok bo‘lar ekan.
|