Qurilish ashyoiari va sanoat inshootlarining yong‘in xavfi bo‘yicha toifalari




Download 173,54 Kb.
bet4/33
Sana16.05.2024
Hajmi173,54 Kb.
#237718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org

Qurilish ashyoiari va sanoat inshootlarining yong‘in xavfi bo‘yicha toifalari.

Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi, odatda, ularning o‘tga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularda ishiatilgan qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho‘g‘lanib yonishi natijasida parchalanishi ularning yonuvchanligini bildiradi. KMK 2.01.02-85 raqamli yong‘in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyoiari yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga bo‘lingan: yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.

Yonmaydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yonmaydigan va ko‘mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan, bularga tosh, beton, temir-beton, gips, alebastr kabilar misol bo‘la oladi. Bunday ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi.

Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko‘proq organik birikmalari bo'lgan asfalt beton va gipsli beton qurilmalar va hajm og‘irligi 900 kg/m3 dan oshmagan somonli loy qorishmalari, antipiren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog'och qurilmalar, shuningdek, fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolar ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.

Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbayi ta’siridan yonadigan va manba yo‘qolgandan keyin ham cho‘g‘lanib yonishi davom etadigan, ya‘ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofazalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bo‘lajak yong'in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirning oldini olishdan iborat. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligi va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xom-ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.

Texnologik loyihalash me’yori (ONTP 24 - 86. 1.2.3) va qurilish qoidalari hamda me’yorlari (KMK. 2. 01.02 - 85) ga binoan sanoat korxonalari hamda omborlari yonish va portlash xavfi bo‘yicha 5 ta toifaga bo’linadi, jumladan. A, B, D, E va F. Bularning A va В toifalari yonish va portlashga moyil. D va E toifalari esa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. F toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas. Sanoat inshootlarining bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan yengil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug‘lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muhitni hosil qiluvchi agregat holati va ulaming alangalanish harorati (Ta) ga binoan amalga oshirilgan.

A-toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan past bo‘lgan, yonuvchi gaz va yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo'ladigan korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo'lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan yuqori bo'lgan, yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari, yonuvchi chang va gaziar, havodagi kislorod suv bilan qo'shilganda xavfli portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo'lib, ular yong'inda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo'ladi. Bunga ammiak ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko'rsatish mumkin.

D-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va В toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan, chaqnab yonish harorati 120°C dan yuqori bo'lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda har xil yoqilg'i moddalar ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog'ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qog'oz, karton, to'l qog'oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko'rsatish mumkin.

E-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho'g'langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug'xonalar misol bo'la oladi.

F-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan hamda saqlanadigan sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari shular jumlasidandir.
Bino va inshootlarning yong'in hamda portlash xavfi bo'yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so'ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo'lsa-yu, uning maydoni binodagi barcha xonalaming umumiy maydonidan 5% dan kam bo'lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko'p bo'lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda har xil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo'lsa-yu, A va В toifadagi xonalaming yig'indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo'lmasa yoki sathi 200 m2dan ziyod bo'lsa, bu bino В toifaga mansub bo'ladi.


Download 173,54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 173,54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish ashyoiari va sanoat inshootlarining yong‘in xavfi bo‘yicha toifalari

Download 173,54 Kb.