• Yong‘inga qarshi umumiy talab va qoidalar
  • Ishlab chiqarish jarayonidagi yong‘in xavfini tahlil qilish




    Download 173,54 Kb.
    bet8/33
    Sana16.05.2024
    Hajmi173,54 Kb.
    #237718
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
    Bog'liq
    5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org

    Ishlab chiqarish jarayonidagi yong‘in xavfini tahlil qilish
    Ishlab chiqarishda yong‘inni kelib chiqishiga, o‘pincha yong‘in yoki elektr xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzilishi, elektr tarmoqlarini yaxshi himoyalanmaganligi, yonuvchi moddalarning saqlash qoidalarini buzilishi hamda olovga nisbatan ehtiyotsizlik qilish kabilar sabab bo‘ladi. Ba’zan yong‘inni yoki portlashni kelib chiqishiga, inshootni loyihalash vaqtida bo‘lajak sanoat korxonasini yonish va portlash xavfi bo‘yicha noto‘g‘ri toifalanishi, ya’ni unda ishlatiladigan xomashyoning yonish va portlash xususiyatlari aniq xisobga olinmaganligi ham sabab bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish jarayonida yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlashda korxonalarni yong‘in xavfi bo‘yicha toifalanishi kifoya qilmaydi. Buning uchun ishlab chiqarishda yong‘in va portlashni keltirib chiqaruvchi xavfli omillarni mukammal o‘rganib chiqish lozim bo‘ladi. Demak ishlab chiqarish tartiboti jarayonida yonish va portlash xavfi mavjudligini quyidagi tartibda aniqlash mumkin:
    1. Korxonada ishlatiladigan yonuvchi va portlovchi moddalarning turlari va ularning miqdori aniqlanadi;
    2. Ishlab chiqarish tartiboti va unda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning ishlatilish tartibi aniqlanadi;
    3. Korxonadagi texnologik uskunalardan yonuvchi moddalarning oqib chiqishini mavjud sabablari va hajmi aniqlanadi;
    4. Yondiruvchi va portlovchi manbalarni kelib chiqish sabablari aniqlanadi;
    5. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in sabablarini va uning ehtimoliy yo‘nalishini, binoning loyihalanish uslubiga va yonishga moyil bo‘lgan pardozlov ashyolarining joylanishiga qarab aniqlanadi va hokazolar.
    Texnologik jarayonlarni yonish va portlash xavfini tahlil qilishda, odatda texnologik jarayonda qo‘llaniladigan tartibot uslubi va ishlab chiqarishni me’yoriy rejalari, hamda ishlatiladigan yonuvchi moddalarning kimyoviy xossalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha keng o‘rgaaniladi.
    Texnologik tartibot uslubi va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki uskunalarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida aniq ko‘rsatmalar ifodali tarzda jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo‘lishi shart.
    Texnologik jarayonda ishlatiladigan gazlar havo bilan yoki kislorod bilan birikmagan holda ishlatiladi. Gazlar uskunadagi jumraklardan yoki texnik nosozliklar orqali chiqayotganda havo bilan birikishi mumkin. Bunday holatlarda yonuvchi gazning havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori uning quyi yonish chegara miqdoridan kam, yoki yuqori yonish chegarasidan baland bo‘lishi shart. Ya’ni bu ikki chegara orasida bo‘lishi o‘ta xavfli hisoblanadi.
    Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha to‘ldirilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug‘lari bilan to‘yinadigan havo bo‘shlig‘i mavjud bo‘ladi. Idishning tepa qismida hosil bo‘ladigan portlovchi muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug‘lari bilan to‘yingan havo aralashmasidagi yonuvchi bug‘ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi, ya’ni suyuqlikni harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig‘ida bo‘lsa, xavfli muxit portlashga moyil bo‘ladi.
    Ishlab chiqarishda sodir bo‘ladigan bunday sharoitlarda alangalanib yoki portlab yonishga quyidagi manbalar sabab bo‘lishi mumkin: yonib turgan olov, cho‘g‘lanib qizib turgan yonuvchi buyum, mexanik harakat yoki elektr tarmog‘ining qizishi natijasida hosil bo‘ladigan uchqunlar yoki moddalarning o‘zaro kimyoviy birikishi va boshqalar.

    Yong‘inga qarshi umumiy talab va qoidalar7
    Qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashda iqtisodiy samarador va texnik jihatdan asoslangan ilg‘or ishlab chiqarish usullarini hamda yong‘inni oldini olish va o‘chirishning zamonaviy vositalarini qo‘llash eng zarur omillar jumlasiga kiradi.
    Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish loyihalarida ishlab chiqiladi va ular yong‘inni oldini olish va o‘chirishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Bu tadbirlar «Qurilishni tashkil qilish», «Yong’in xavfsizligi», «Sanoat korxonalarini bosh tarxi», «Yong’in xavfsizligi», hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV YOMBB tomonidan tasdiqlangan umumiy qurilish ishlarida «Yong‘in xavfsizligi qoidalari» asosida ishlab chiqiladi.
    Qurilish maydonining mutasadi rahbarlari (uchastka boshlig‘i, prorab, usta) yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul hisoblanishadi va quyidagi talablarni bajarishlari shartdir:
    -qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish loyihalarida aks ettirilgan yong‘inga qarshi tadbirlarni va ularga xos yong‘in xavfsizligi qoidalari talablarini bilishlari hamda barcha ishchi va xizmatchilar tomonidan ularni to‘liq va so‘zsiz bajarilishini ta’minlashlari va nazorat qilishlari;
    -me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan o‘t o‘chirish vositalari bilan ta’minlash va ularni hamma vaqt ishlatishga tayyor holda saqlanishini ta’minlashlari;
    -qurilayotgan bino va yordamchi ijtimoiy va omborxonalarni yong‘in xavfsizligi holatini doimiy nazorat qilib turishlari;
    -elektr va issiqlik tarmoqlarini qarovsiz qolmasligini ta’minlash;
    -qurilish maydonida o‘t o‘chirish uchun zarur bo‘lgan suv ta’minoti manbalarini aniqlamasdan va o‘t o‘chiruvchi mashinlarni to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlay oladigan yo‘llarni hamda telefon-aloqa tarmoqlarini qurmasdan turib qurilish ishlarini boshlamaslikni ta’minlash;
    -yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan yong‘inga qarshi hududiy xizmat bo‘limiga xabar berish va birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yordamida yong‘inni bartaraf etishni ta’minlash.
    Muxandis va texnik xodimlarni yong‘indan muhofaza qilish tadbirlarini bajarishga va shu yo‘l bilan xalq mulkini asrab qolishga jalb qilish maqsadida, mahalliy Davlat yong‘in nazorati tashkilotlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turadigan, xavfsizlik tadbirlarini o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilishda asosiy omil hisoblanadigan Yong‘in texnik komisiyaasini (YOTK) tuzish zarur bo‘ladi. Qurilish maydonida ishlayotgan har bir ishchi va xizmatchi ish boshlashdan oldin Yong‘in texnik minimumi (YOTM) bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga asosan maxsus o‘qitilishi va tushuntirishlar olib borilishi shart. Bunday o‘quv kursini o‘tagan ishchi va xizmatchilar o‘qish yakunida imtihon topshirishlari lozim.
    Tushintirish jarayonida ishchi va xizmatchilarni yong‘in xavfsizligi me’yorlari hamda qurilish maydoniga xos yong‘inga qarshi tartib va qoidalar bilan batafsil tanishtirilishi shart.
    Qurilish muddati bir yildan ortiq davom etadigan katta qurilish maydonlarida yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan omborxonalar va yordamchi ijtimoiy binolar yong‘indan muhofazalangan bo‘lishlari, ya’ni yong‘in darakchilari tizimi bilan jihozlangan bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Qisqa muddatli qurilish maydonlarida esa bunday toifadagi bino va xonalar oldida birlamchi o‘t o‘chirish qalqonlarini o‘rnatish va etarli suv ta’minoti manbalari kifoya bo‘ladi.
    Qurilish maydonlarining hajmi va yong‘in kelib chiqish ehtimoliga qarab bir yoki bir nechta ixtiyoriy yong‘inga qarshi yordamchilar guruhi tuziladi. Har bir smenada 4-6 kishidan iborat ishchi yordamchi guruh bo‘lishi kerak.


    Download 173,54 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




    Download 173,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish jarayonidagi yong‘in xavfini tahlil qilish

    Download 173,54 Kb.