|
Bino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari
|
bet | 10/33 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 173,54 Kb. | | #237718 |
Bog'liq 5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.orgBino va inshootlarda portlash sabablari va oqibatlari
Bino va inshootlarda portlash hodisalari ko‘proq quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:
- yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari talablarini qo‘pol ravishda buzilishi;
- issiqlik uzatish, shamollatish tizimlarini va elektr dastgohlarini noto‘g‘ri o‘rnatish;
- buzuq holdagi texnologik va elektr uskunalarini ishlatish;
- yonuvchi va portlovchi moddalarni omborlarda saqlash qoidalarini buzilishi;
- elektrostatik va atmosfera elektr zaryadlaridan himoyalanish qoida-larini buzilishi;
- yong‘in darakchilari va avtomatik o‘t o‘chirish tizimining yo‘qligi yoki buzuqligi;
- portlashi mumkin bo‘lgan manbalar (bug‘ qozonlari, ekonomayzerlar, nasos agregatlari, kompressorlar, elevatorlar, gaz balonlarini sinovdan o‘tkazish va to‘ldirish xonalari) ustidan nazorat qoidalariga to‘liq rioya qilmaslik;
-yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malakali nazoratni yo‘qligi va hokazolar.
Havo bilan aralashmagan yonuvchi gaz va bug‘larni maxsus kran orqali uncha katta bo‘lmagan teshikdan oqizib, so‘ng gugurt chaqib yoqilsa, mash’ala bo‘lib osuda yonaboshlaydi. Bunday yonishlarni shisha idishlarni tayyorlash zavodlarida, g‘isht, keramika va chinni pishirish zavodlarining pechlarida sun’iy va tabiiy gazlarni yonishi misolida ko‘rish mumkin. Sement zavodlarining aylanma pechlarida ham ko‘mir kukunini yoqilishi shu taqlitda amalga oshiriladi. Ammo bu gazlar ba’zi nosozlik sabablariga ko‘ra, havo bilan aralashib ketish hollari mavjud bo‘lib, aralashma xavfli nisbat darajasiga etgan bo‘lsa, katta kuch bilan portlash sodir bo‘lishi mumkin.
Neftni qayta ishlash, mashinasozlik va kimyo sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlanishi, yonuvchi gazlar va changlarni hamda engil alangalanuvchi suyuqliklarni ishlab chiqaruvchi va ularni qayta ishlovchi korxonalarni ko‘payib ketishiga olib keladi. YOnuvchi moddalarni bug‘ va changlari xonadagi havo bilan aralashib ketsa, portlash xavfini chaqiruvchi gazli havo aralashmasini hosil qiladi. Bunday aralashmalarning portlashi oqibatida bino va inshootlar vayronaga aylanishi va odamlarni qurbon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Agar yonish oqibatida portlash jarayoni biror yopiq hajmda sodir bo‘lsa, yonuvchi moddaning harorat ta’sirida kengayishi evaziga, uning devorlariga bosim kuchi tez ortib boradi va butun hajm bo‘yicha teng quvvatli quporuvchi, ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.
Binolarda portlashga qarshi himoya vositalarini loyihalash
Portlashga moyil xonalari mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarini loyihalashda, ularni portlashdan va butunlay buzilib ketishdan asrab qolish uchun xizmat qiladigan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Bunday tadbirlarni asosiy vazifasi sanoat korxonasining portlash xavfsizligini ta’minlash bo‘lib, portlashga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kabi xavfsizlik muammolari ishlab chiqarish tartibini yaratish yoki tanlash jarayonida mukammal echilishi kerak. Ya’ni ishlab chiqarishda shunday texnologik tizimni tanlash lozim bo‘ladiki, uni ishlatish jarayonida dastgoh va uskunalardan portlovchi gaz va havo aralashmasini hosil bo‘lishiga etarli bo‘lgan yonuvchi gaz va suyuqliklarni oqib chiqishiga va chiqqan taqdirda ham portlaydigan miqdorgacha yig‘ilib qolmasligini ta’minlay oladigan bo‘lishi kerak. Agar barcha tadbirlarni bajarganda ham, portlash xavfi to‘liq bartaraf etilmaydigan bo‘lsa, bu holda bino va inshootlarni loyihalashda maxsus konstruktiv echimlar vositasi bilan ularni portlash oqibatidagi buzilish darajasini kamaytirish choralari qo‘llaniladi.
«Portlash xavfsizligi» davlat me’zoni talablari bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari shunday takomillashgan bo‘lishi lozimki, yil davomida ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan portlash ehtimoli 1/106 dan oshmasligi kerak. Ammo har qancha texnologik ogohlantirishlar va texnik-tashkiliy tadbirlarni qo‘llanishiga qaramay, ba’zan talofatli portlashlar sodir bo‘lib turadi.
Bino va inshootlarni yonish va portlash xavfi bo‘yicha A va B toifasiga kiruvchi sanoat korxonalarida, avariya holatida yonuvchi gaz yoki changlarni havo bilan xavfli aralashmasi hosil bo‘lishi sababli yong‘in yoki portlash sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda bino va inshootlarni butunlay buzilib ketishdan saqlash maqsadida «Ishlab chiqarish binolari» loyihalash me’yori talablariga binoan, ularda portlash paytida hosil bo‘ladigan bosimni ta’sir kuchini kamaytiruvchi, maxsus «engil otilib ketuvchi» binoning yuk ko‘taruvchi asosiy qismlarini saqlab qolish uchun xizmat qiladigan qurilmalar rejalashtiriladi.
5.6-rasm. Binolardagi asosiy izolyatsiya panellari8
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga qo‘yiladigan asosiy talab, xonadagi xavfli gaz va havo aralashmasi bosimini portlash vaqtida, binoning asosiy yuk ko‘taruvchi qismlarini buzilib ketmasligini ta’minlay oladigan darajada chegaralashdan iborat.
Engil otilib ketuvchi qurilmalari tashqi devorlarda yoki tomda o‘rnatiladi. Devorda o‘rnatiladigan qurilmalar tomdagisiga nisbatan 30-50%ga samaraliroq va tiklash jarayonida kam xarajatli hisoblanadi.
Engil otilib ketuvchi qurilmalarni xisoblash va loyihalashda ularni massasini va mustahkamligini shunday tanlash kerakki, portlash vaqtida devorlarga tushadigan bosim (Rp), ruxsat etilgan bosim (Rrux) dan ortiq bo‘lmasin, ya’ni
Rp < Rrux.
Bunday qurilmalar, bino va inshootlarni tom yopiladigan qismida yoki tashqi devorida o‘rnatiladi. Ularning umumiy maydoni, A toifadagi korxonalar uchun portlash xavfi mavjud bo‘lgan xonalarning har 1m3 hajmiga 0,05m2 dan va B toifadagi korxonalar uchun esa har 1m3 hajmiga 0,03m2 dan kam bo‘lmagan miqdorda loyihalashtiriladi.
5.7 – rasm. Uylar o’rtasidagi yong'in ajratadigan devor9
Engil otilib ketuvchi qurilmalarga deraza, eshik, darvoza, asbestsement fanerdan, alyumin va po‘lat tunukalar bilan qoplanib, ichiga engil isitgich polimerlar bilan to‘ldirilgan panellar va shunga o‘xshash engil qurilmalar misol bo‘la oladi. Bunday qurilmalarning engil otilib ketishi uchun ruxsat etilgan og‘irligi 120kg/m2 dan oshmasligi kerak.
Derazalarning engil otilib ketuvchi qurilmalarga aylanishi uchun ulardagi oynalarning qalinligi 3, 4 va 5mm bo‘lganda, sirti mutanosib holda 0,8; 1,0 va 1,5m2 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Tomyopgich sirtida o‘rnatilgan engil otilib ketuvchi qurilmasining umumiy maydoni aniqlangandan keyin, uni har biri 180m2 dan oshmagan, alohida to‘rtburchaklarga bo‘lingan holda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu qurilmalarning og‘irligidan hosil bo‘ladigan bosim 0,7kPa (70kgs/m2)dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
A va B toifadagi bir qavatli binolarni tomida o‘rnatilgan Engil otilib ketuvchi qurilmalari, ishlab chiqarish tartibi talablarini buzmagan va atrof-muhitni hisobga olgan holda tashqi devorga yaqin joylashtirilishi va ko‘p qavatli binolarda oxirgi qavatda yoki tashqi devorda o‘rnatilishi lozim. Bunday xonalarni erto‘la va er osti qavatlarida joylashtirilishi ruxsat etilmaydi.
|
| |