Havoli mexanik ko‘pik tayyorlagich uskunalar
Ko‘pik hosil qiluvchi moddani suvdagi qorishmasidan o‘rtacha ko‘piruvchanlikka (80-100 gacha) ega bo‘lgan havoli mexanik ko‘pikni tayyorlash uchun chizma 30 da keltirilgan KDG-600 yoki KDG-2000 rusumli ko‘pik tayyorlagich generatorlardan foydalanish mumkin.
Sanoatda 3 xil rusumdagi ko‘pik tayyorlagich generatorlar ishlab chiqariladi. Ular ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan bir-biridan farq qiladi, ya’ni KDG-200, KDG-600 va KDG-2000.
Bunday ko‘pik generatorlarining ishlatish tartibi quyidagichadir: 6%li ko‘pik hosil qiluvchi suyuq qorishma elastik shlanglar orqali generator purkagichiga uzatiladi. Purkagich esa o‘z navbatida, qorishmani sim to‘rlar qatlami tomon yo‘naltiradi. Natijada qorishma havo bilan aralashgan holda sim to‘rlarga urilib mayda zarrachalarga parchalanadi va uning oqibatida qorishmadan ajralib chiqayotgan CO2 gazi hisobidan diffuzorda hosil bo‘lgan bosim tufayli ko‘plab pufakchalar paydo bo‘la boshlaydi va ular bora-bora ko‘payib havoli mexanik ko‘pikni hosil qiladi.
Ko‘pik tayyorlaydigan ko‘chma uskunalar. Bugungi kunda o‘t o‘chirish amaliyotida keng qo‘llaniladigan PS-1, PS-2, PS-3, PS-4 va PS-5 rusumli ko‘chma ko‘pik tayyorlash moslamalar mavjud. Ularning tuzilishi va ish uslubi bir xil, ammo bir-biridan ko‘pik ishlab chiqarish quvvati bilan farq qiladi.
O‘t o‘chirish texnik vositalari va ularning vazifalari
Zamonaviy o‘t o‘chirish mexanizmlarining aksariyati motorlashgan bo‘lib, tez yordam ko‘rsata oladigan, harakatchan texnik vositalar darajasida mukammallashgandir. Bular jumlasiga avtomobillar, vertalyotlar va motorli pompalar kiradi.
Respublikamiz hududida eng ko‘p qo‘llaniladigan texnik vositalardan biri o‘t o‘chiruvchi avtomobillar hisoblanadi (5.15-5.16-5.17-rasmlar). Bu texnik vositalar, o‘zlarining vazifalari, jihozlanish uskunalari va ish uslublariga qarab, uch toifaga, ya’ni asosiy, maxsus va yordamchi toifalarga bo‘linadi.
5.15-rasm. Avtokran
5.16-rasm. Avtosisterna
5.17-rasm. Avtonarvon AL-50
Asosiy o‘t o‘chirish mashinlari o‘z navbatida umumiy va maqsadli qo‘llanishga mo‘jallangan turlarga bo‘linadi:
-umumiy qo‘llaniladigan-vositalarga avtokran, avtosisterna, avtonasos va motopompalar kiradi;
-maqsadli vositalarga-avtonarvon, havoli ko‘pik, inert gaz, suv va kukunli o‘t o‘chirgich moddalar bilan jihozlangan avtomobillar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Y
Ёнғин автоцистернаси. АЦ – 40/2,5 (53211).
Модель 240.
Ёнғин автоцистернаси. АЦ – 40/4(43118).
Модель 248.
Штаб хизмати машинаси. АШ – 6. (32213).
Модель 275.
Кукунли ўт ўчириш машинаси АП – 4 (43101).
Модель 222.
ordamchi texnik vositalar turkumiga yoqilo‘i bilan ta’minlovchi va texnik uskunalarni to‘xtovsiz ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladigan ta’mirlash ustaxonalari joylashtirilgan avtomobillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Yong‘in darakchilari va aloqa tizimi
Yong‘inni oldini olish va uning dahshatli asoratini kamaytirishda bosh omil sifatida darakchi uskunalar va tezkor aloqa vositalari xizmat qiladi.
Yong‘inni oldini olish maqsadida, uning kelib chiqish jarayonlarini nazorat qilishni passiv va aktiv usullarga bo‘lish mumkin.
Passiv nazorat usuli, inson tafakkuri va uning intizomiga bog‘liq bo‘lib, yong‘in o‘choqlarini aniqlash va o‘t o‘chiruvchilarni 01 raqamli telefon orqali (shahar sharoitida) va uzluksiz zang urish yo‘li bilan (dala, qishloq sharoitida) yordamga chaqirishdan iborat bo‘ladi. Afsuski bu usul yong‘inni dastlabki 0-5 daqiqa ichida emas, balki o‘chirishni boshlanish vaqti ancha kechikib qolishiga, ba’zan ochiq havodagi ab’ektlarni butunlay yonib, katta moddiy zarar keltirish bilan tugashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Aktiv nazorat usuli esa yuqori aniqlik bilan ishlaydigan texnik vositalarni qo‘llashga asoslangandir. Bunda yong‘in o‘chog‘ini aniqlash va o‘t o‘chiruvchi xizmat yordamini chaqirish, odam omiliga bog‘liq bo‘lmasdan, avtomatik tezkor tarzda bajariladi. Shu maqsadda, xalq xo‘jaligining muhim ob’ektlarida qo‘llaniladigan, avtomatik va yarim avtomatik tartibda ishlaydigan o‘t o‘chirish tizimlarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘inni dastlabki belgilarini aniqlab markaziy boshqaruv pultiga belgilangan xabarni etkazib beradigan darakchilar o‘rnatiladi. Darakchilar qo‘riqlanayotgan xonalarda o‘rnatilgan bo‘lishi va qorovulxonada o‘rnatilgan qabul punkti bilan aloqa tarmog‘i orqali bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday tizimlarni ishlash qobiliyati doimiy nazorat ostida bo‘lib, yong‘inni «kutish» tartibida kechadi va shu sababdan bu tizimlar o‘rnatilgan ob’ektlarda yong‘inni kelib chiqish sabab va oqibatlari tezda bartaraf etilib, bino va inshootlar saqlab qolinadi.
Yong‘in darakchilari yong‘in o‘chog‘ini boshlanish jarayonida aniqlash, uning sodir bo‘lgan vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur bo‘lganda tutun so‘rg‘ich yoki o‘tni o‘chiruvchi uskunalarni ishlashini avtomatik tarzda boshqarish uchun xizmat qiladi. Yong‘in darakchilari tizimi asosan yong‘inni dastlabki belgilari bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u erdagi haroratni elektr xabarlariga aylantira oladigan xabarchi moslamalardan iborat bo‘ladi. Bu xabarchi moslamalar aloqa tarmog‘iga ulangan bo‘lib, qabul punktiga o‘ziga xos tovush yoki yorug‘lik signallari orqali darak beradi hamda avtomatik o‘t o‘chirish va tutun haydash uskunalarini zudlik bilan ishga tushirishni ta’minlaydi.
Yong‘in darakchilari o‘zlarining ishlash uslubiga binoan shartli ravishda 4-ta guruhga, ya’ni issiqlik, yorug‘lik, gaz va tutundan ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda ilk bor 1960 yilda haroratni ta’siridan engil erib ketuvchi «Vuda» qorishmasi asosida ishlaydigan, DTL rusumli yong‘in daraklagichlari ishlab chiqarila boshlangan edi (5.18-rasm).
5.18-rasm. DTL rusumli yong‘in darakchisi
DTL bir marta qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, xonaning harorati 72oC dan oshgandan keyin, uning markazida joylashgan, spiralsimon o‘tkazgichni aloqa zanjiriga bog‘lab turuvchi, haroratga o‘ta sezgir bo‘lgan maxsus qorishma erib ketishi oqibatida, zanjir uziladi va nazorat pultiga yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida xabar beradi. Bitta DTL daraklagichi 15m2 gacha yuzani qo‘riqlashga qodir.
DTL darakchilari atroflicha o‘rganilib, kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida 1984 yildan boshlab mukammallashtirilgan issiqlik ta’sirida ishlaydigan IP-101, IP-102, IP-103, IP-104 va IP-105 rusumli yong‘in darakchilari ishlab chiqarila boshlandi. Bularning barchasi qo‘riqlanayotgan muhitning harorati 70-72oC dan ko‘tarilgan zahoti yong‘in xavfi paydo bo‘lganligi haqida markaziy pultga avtomatik tarzda xabar berish uchun mo‘ljallangan.
Shulardan biri IP-104 rusumli yong‘in darakchisining texnik tavsiflari qo‘yidagi 5.5-jadvalda keltirilgan.
5.5-jadval
Elektr zanjirini uzuvchi ishchi harorati, oC
|
72±2
|
Ishchi haroratdan keyin ishga tushish vaqti, soniya
|
125
|
Zanjir qarshiligi, Om
|
0,1
|
Zanjir kuchlanishi, V gacha
|
110
|
Ruxsatli tok kuchi, A gacha
|
0,1
|
O‘lchamlari
|
Diametri, mm
Balandligi, mm
Og‘irligi, kg:
Xizmat muddati, yil
|
60
40
0,02
10
|
5.19 – rasm. Harorat yong‘in darakchisi
5.20 – rasm. Turli rusumdagi harorat yong‘in darakchisi
|