Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi:
Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo yetishmasligi natijasida yongin kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yigila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining «max» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi. Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda, masalan, toluol yonganda alanganing tarqalish tezligi 10-15 m/min ga teng bo‘ladi.
Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon, bunda issiqlik va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi.
Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi uchun yonuvchi material, yondiruvchi manba va oksidlovchilar bo‘lishi zarur.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16% bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10% ga kamayganda tutash ham to‘xtaydi.
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik kuchlari, alanga va cho‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan. taxta, kinoplyonka, nitrotselluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.
Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 5.1-rasmda ifodalangan. Bu rasmda alanga tarkibida yonuvchi gazlar hududi keltirilgan:
1-hududda hali yonmaydigan bug‘ va gaz aralashmalari mavjud bo‘lib, harorati 4000C dan oshmaydi.
2-hududda bug‘ va gaz aralashmasi yona boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.
3-hududda moddalarni to‘la yonishi sodir bo‘ladi, chunki bunda harorat eng yuqori, ya’ni 11000C gacha ko‘tariladi.
Yonuvchi muxitdagi alangani balandligi, yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, zichligiga esa teskari proporsional ravishda bog‘liq bo‘ladi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «max» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan. qog'ozda - 510°C, suyuq yoqil g‘ida - 110-1300°C, taxtada - 1000°C, gazli yoqilg'ida - 1200-1300°C hosil bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiya tezligi sifatida ma’lum vaqt birligida ma’lum xajmdagi moddaning birikish miqdori qabul qilingan. Aktivlashuv quvvati molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanshni o‘zgartirishga sarflanishi zarur bo‘lgan quvvat miqdoridir.
5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali yonishning chegaralari.
Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik yonuvchi aralashmaning qizishiga olib keladi. Aralashmaning xarorati idish devorlari xaroratidan oshib ketsa, undan ajralayotgan issiqlik atrof muxitga tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari orqali tarqalayotgan issiqlik miqdori, idish devori va aralashma harorati orasidagi ayirmaga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni
V = A*S(T-Ti), (5.1)
bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari yuzasi; T-aralashma harorati; Ti-idish devori harorati.
Moddalar uchun o‘z-o‘zidan alangalanish harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-o‘zidan alangalanish harorati - 255°Cga, yog‘ochniki - 400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.
Tabiatda shunday aralashmalar uchraydiki, ularning xaroratini tashqaridan oshirmagan xolda kimyoviy jarayonlar ruy berishi va bu jarayonlar o‘z-o‘zidan alangalanish xodisasini vujudga keltirishi mumkin. Bunday xodisalarni zanjirli kimyoviy jarayonlar deb yuritiladi. Bu xodisaning bo‘lishiga asosiy sabab aralashma xolidagi yonuvchi moddalarda, ma’lum sharoit taqozosi bilan, xarorat o‘zgarmagan xolda, bir necha markazda moddaning aktiv atomlari hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar bilan aktiv reaksiyaga kirishadi, natijasida yonuvchi modda molekulalari parchalanadi va yangi aktiv markazlar xosil qiladi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-o‘zidan yonish.
1. O‘t olish - bu suyuq yoki qattiq materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.
2. Alangalanish - bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonganda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.
3. O‘z-o‘zidan alangalanish - bu yonishga o‘tayotgan jarayonda haroratiga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
a) alangalanuvchining harorati atrof muhit haroratidan baland bo‘lishi yoki,
b) past bo‘lishi mumkin.
Birinchisida materiallaming qizishi natijasida yonadi, ikkinchisida - qizimasdan yonadi. O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, yog'och qipig'i, sariq fosfor va hokazoiar kiradi.
Yonish jarayonining vaqti quyidagi formula bilan aniqlanadi.
, (5.2)
Bunda: N - yonuvchi moddaning miqdori, kg/m3; V- moddaning yonish tezligi, kg/m3;
4. O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilaming issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlaming faoliyati natijasida materiallaming yonish jarayoni.
Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi.
Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish sodir bo‘ladi.
O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan.
Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi vonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib, ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi kerak.
To'rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar - kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi.
Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi.
Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:
- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
- inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;
- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi.
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: «Yong‘inning oldini olish uni o‘chirishdan afzalroqdir».
Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;
- qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;
- muntazaim tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo’ymaslik;
-yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong’inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;
- muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o'rgatish.
|