• 30-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
  • 31-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati
  • 32-modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
  • -modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi




    Download 173,54 Kb.
    bet28/33
    Sana16.05.2024
    Hajmi173,54 Kb.
    #237718
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
    Bog'liq
    5-mavzu yong‘in xavfsizligi1-www.hozir.org

    29-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi tegishli shtat lavozimlarida turgan:
    safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarni (xodimlarni);
    maxsus unvonga ega bo‘lmagan shaxslarni (xizmatchilarni) o‘z ichiga oladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xodimlariga nisbatan ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashni tartibga soluvchi nizomlar amal qiladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xizmatchilariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar amal qiladi.
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi belgilangan namunadagi xizmat kiyimiga va farqlash belgilariga ega bo‘ladi.
    30-modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
    Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir hamda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi lozim.
    31-modda. Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati
    Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun tashkil etiladi.
    Idoraviy yong‘indan saqlash xizmati boshqaruv organlari va bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni o‘tash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda belgilanadi.
    32-modda. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ta’minlashda, yong‘inlarni o‘chirishda ishtirok etishining shaklidir.
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli ma’muriy-hududiy birlikning yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiradi.
    Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 173,54 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




    Download 173,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining shaxsiy tarkibi

    Download 173,54 Kb.