|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 55/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: “Cho‘l havosi”.
12. Qaysi adib “Notanish orol” deb nomlangan kitobida o‘z tarjimayi holini “Mashaqqatli safar” deb nomlagan? J: O‘tkir Hoshimov.
“DUNYONING ISHLARI” QISSASI
1. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi kim to‘g‘risida? J: Onalar to‘g‘risida.
2. O‘tkir Hoshimovning qaysi qissasi o‘zida mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan? J: “Dunyoning ishlari” qissasi.
3. “Gilam paypoq”, “Oq oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O‘ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kimning qaysi asaridan olingan? J: O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”.
4. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida qaysi adib: “Dos-tondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz”,-degan? J: Said Ah-mad.
5. Kim “Dunyoning ishlari” asari haqida “… umuman, o‘zbek ayoli haqida va umuman onalar to‘g‘risida” deb fikr bildiradi? J: Adibning o‘zi.
6. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar qaysi obraz tufayli yaxlitlik kasb etgan? J: Ona.
“ALLA”
1. “Dunyoning ishlari qissasida qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo‘lgan, ko‘ngil-larni eritadigan ohang haqida? J: “Alla”.
2. “Alla” hikoyasi qanday boshlanadi? J: Qabriston tasviri bilan.
3. “Alla” hikoyasida yozuvchining bolaligini eslatgan narsa nima edi? J: Go‘rkov hovlisidagi alla ovozi.
4. “Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib
bahor nafasiga to‘lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi”. Ushbu fikrdagi ikki narsa nima va bu parcha qaysi asardan olingan? J: O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” bobidan, tilovat ovozi va alla ovozi.
5. “Dunyoning ishlari” asarining qahramoni “Alla” bobida kimlarning allasi misolida ona allasining sehrli kuchga ega ekanligini, ya’ni umumbashariy hodisa ekanligini aks ettiradi? J: O‘zbek ayollari (onasi), qirg‘iz ayoli, Kislovodsk-dagi rus ayolining.
6. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi bobida “Ona-tabiatning eng buyuk ixtirosidir” deyiladi? J: “Alla”.
7. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi bobda asar qahramonining qabriston darvozasi oldidagi g‘alati holati tasvirlanadi?
|
| |