|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 58/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]35. “Kichkina shahzoda” asaridagi qahramon qaysi o‘zbek rejissorining qahra-moniga o‘xshaydi? J: Kinorejissor Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” fil-midagi Abdullaga.
36. “Kichkina shahzoda” ertagidagi bolaga kichkina shahzoda deb kim nom be-
radi? J: Muallif (Ekzyuperi).
37. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasida har tongni qanday ish bilan boshlar ekan? J: Boabab deb nom olgan xavfli daraxt ko‘chatlarini yulish bilan.
38. Kichkina shahzoda Yer sayyorasiga kelguniga qadar kimlarni uchratgan? J: Yakka-yolg‘iz qirol, shuhratparast kimsani, piyonistani, korchalon, xona-dan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chirog‘bonni.
39. Kichkina shahzoda Yerda nimalar bilan muloqotda bo‘ladi? J: Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar.
40. “Kichkina shahzoda” ertagidagi ramziy xarakterga ega emas qahramon kim? J: Uchuvchi.
41. Ertakdagi ramziy xarakterlar? J: Uchuvchidan tashqari barcha qahra-monlar.
42. Ekzyuperining qaysi asarida ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjud? J: “Kichkina shahzoda”.
43. Ertakda yozuvchi nom qo‘ymay 325, 326, 327 raqamlar bilan belgilangan asteroidlar aslida nimaning ramzi edi? J: Odamlarga xos fazilat va nuqsonlar-ning.
44. Ertakda qanday kasallik haqida so‘z boradi? J: Piyonistalik.
45. “Kichkina shahzoda” ertagida kichkina shahzoda piyonistaga nima uchun ichyapsan deb savol berganida, piyonista unutmoq uchun deb javob beradi? Piyonista nimani unutmoqchi edi? J: Ichishning uyat ekanligini.
46. Kichkina shahzoda qaysi voqeadan keyin “kattalar juda-juda g‘alati xalq” deb xayolidan o‘tkazib, yo‘lda davom etadi? J: Piyonista bilan suhbatdan ke-yin.
47. Ertakda qanday kuch Kichkina shahzoda qiyofasida namoyon bo‘ladi?
J: Ezgulik.
48. Boabab daraxti qanday ramziy xarakterga ega? J: Yovuzlik ramzi.
49. Kichkina shahzoda suygan feruza gul qanday ramziy xarakterga ega? J: Sevgi-muhabbat.
50. Qaysi asarda ezgulikning “ko‘ngil ko‘zi ochiq” bo‘ladi degan fikr ilgari surilgan? J: “Kichkina shahzoda”.
51. Adibga qayerda haykal o‘rnatilgan? J: Fransiyaning Lion shahrida, yo-zuvchi va qahramon Kichkina shahzodaga.
52. Qaysi ijodkor o‘z asari to‘g‘risida: “Men kitobimning shunchaki ermak uchun o‘qilishini istmayman” deydi? J: A. De Sent Ekzyuperi.
“KICHKINA SHAHZODA” ASARI
1. “Kichkina shahzoda” asarining janri? J: Falsafiy ertak.
2. “Kichkina shahzoda” ertagi qanday boshlanadi? J: Kitobchani katta yosh-dagi odamlarga bag‘ishlagani uchun bolalardan kechirim so‘rash bilan.
3. “Kichkina shahzoda” ertagi kimga bag‘ishlanadi? J: Yozuvchining do‘sti Leon Vertga, ya’ni bir paytlar yosh bola bo‘lgan do‘stiga.
4. Leon Vert qayerda yashaydi? J: Fransiyada.
5. “Kichkina shahzoda” ertagidagi rasmlarni kim chizgan? J: Muallif, ya’ni yo-zuvchining o‘zi.
6. Uchuvchini olti yashar paytida qiziqtirgan kitob nomi? J: “Bo‘lgan voqea-lar”.
7. Uchuvchini rasmlari bilan hayratda qoldirgan “Bo‘lgan voqealar” kitobi nima haqida? J: Osuda o‘rmonlar haqida.
8. “Ilon o‘ljasini chaynab o‘tirmay but-butunicha yutib yuboradi. Shundan ke-yin u joyidan qimirlayolmaydi va to o‘ljasini hazm qilib bo‘lguncha surunkasiga yarim yil dong qotib uxlaydi” deb qaysi kitobda yozilgan edi? J: “Bo‘lgan voqealar” kitobida.
9. “Bo‘lgan voqealar” kitobida ilon nimani yutib yuborgani chizilgan edi? J: Bahaybat hayvonni.
10. Uchuvchining 1- raqamli rasmida nima tasvirlangan edi? J: Filni yutib yuborgan ilon.
11. Uchuvchining rangli qalam b-n chizilgan 1-raqamli rasmini kattalar nima deb aytadilar? J: Shlyapa.
12. Uchuvchining 2-raqamli rasmida nima tasvirlangan? J: Ilonning ichki ko‘-rinishi.
13. Kattalar asar qahramoni uchuvchining 2-raqamli rasmini ko‘rib qanday mas-lahat berishadi? J: Jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganishni.
14. Uchuvchi 6 yashar paytida kim bo‘lmoqchi edi va nima uchun bu kasbdan voz kechdi? J: Rassom, kattalar sendan rassom chiqmaydi deb aytgani uchun.
15. Asar qahramoni uchuvchilik kasbini tanlab, qaysi joylarni ajratadigan bo‘lib qolgandi? J: Xitoyni Arizonadan.
16. Asar qahramoni uchuvchi kattalar orasida aqlli va farosatli kishini uchratsa nima ko‘rsatar edi? J: 1-raqamli rasmini.
17. Asar qahramoni uchuvchi nimani asrab qo‘yib, doim yonida olib yurar edi? J: 1-raqamli rasmini.
18. Kattalar qanday odamlarni bama’ni odam hisoblashardi? J: Brij va golf
|
| |