|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 57/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: “Iltijo”.
2. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada onasi undan “Meni ham kitob qilgin, o‘g‘lim”, deb so‘raganini esga oladi? J: “Iltijo”.
3. Yozuvchi onasining bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rishini qaysi asarida eslaydi? J: “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Iltijo” bobida.
4. “Iltijo” hikoyasida onasi qabri oldida iltijo qilayotgan qahramon volidasi haqida nimalarni eslaydi? J: Ko‘klamda dalaga birga chiqishganini, boyche-chaklarni ko‘rib onasi sevinganini, oftob haqida cho‘pchak aytib bergani-
ni, onasi aytgan allani, “Meni ham kitob qilgin, o‘g‘im” deganini.
ANTUAN DE SENT- EKZYUPERI
1. XX asrdagi nafaqat fransuz, balki jahon adabiyotining yetuk namoyonda-laridan biri kim? J: Antuan De Sent- Ekzyuperi.
2. Antuan De Sent- Ekzyuperi qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1900-yil 29-iyun Fransiyaning Lion shahridagi kambag‘allashgan zodagonlar oilasida.
3. Antuan De Sent- Ekzyuperining bolaligi qayerda o‘tgan? J: Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida.
4. Antuan De Sent- Ekzyuperi akasi Fransua bilan qayerda ta’lim olgan?
J: 1909-yildan 1914-yilgacha Man shahridagi kollejda.
5. Birinchi jahon urushi boshlangach onasi o‘g‘illarini qayerga o‘qishga yuboradi? J: Shvetsariyadagi xususiy kollejga.
6. Yozuvchining qalbida chuqur o‘zgarish ro‘y berishiga va ilk bora yashashdan maqsad nima degan savolga javob axtarishiga sabab bo‘lgan voqea nima?
J: Akasi Fransuaning bevaqt o‘limi.
7. Antuan De Sent- Ekzyuperi qayerga o‘qishga kiradi? J: Nafis san’at aka-demiyasining arxitektura fakultetiga.
8. Antuan De Sent- Ekzyuperi arxitektura fakultetini qachon tark etadi? J: 1921-yil.
9. Antuan De Sent- Ekzyuperi nima uchun Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi? J: Insoniyatga chinakam naf keltiradigan ish qilish uchun.
10.Antuan De Sent- Ekzyuperi uchun qaysi yil hal qiluvchi yil bo‘lgan? J:1926-yil.
11. Antuan De Sent- Ekzyuperi qachondan boshlab o‘zi sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullana boshlaydi? J: 1926-yildan.
12. Antuan De Sent-Ekzyuperi uchun 1926-yil nima uchun hal qiluvchi yil bo‘lgan? J: “Latiko-Eyr” havo kompaniyasiga ishga kiradi.
13. Antuan De Sent-Ekzyuperi sevgan mashg‘ulot nima? J: Uchuvchilik va yozuvchilik.
14. Antuanning birinchi hikoyasi? J: “Uchuvchi”.
15. Qaysi adib umrining oxirigacha uchuvchi bo‘lib qolgan? J: Antuan De Sent- Ekzyuperi.
16. Antuan qayerlarda uchardi va nimalarni tashirdi? J: Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasining turli burchaklarida, yuk va yo‘lovchi tashir edi.
17. Antuan De Sent- Ekzyuperi qanday lavozimlarda ishlagan? J: G‘arbiy Saxara (Hozirgi Mavritaniya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig‘i, so‘ng fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo‘limi boshlig‘i.
18. Antuan bo‘sh vaqtlarini nimaga bag‘ishlaydi? J: Adabiyotga, musiqaga va ixtirochilikka.
19. Antuanning ilk yirik asari? J: 1929-yili “Janub chopari”.
20. Adibning 1931-yili yozgan romani? J: “Tungi parvoz”.
21. Adibning qaysi asari chop etilgan kunlaridanoq keng kitobxonlar va adabi-yotchilar diqqatini o‘ziga jalb qilib, yuksak baholangan? J: “Tungi parvoz” romani.
22. Adibning qaysi asari 1931-yili “Femina” mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: “Tungi parvoz”.
23. Antuan De Sent- Ekzyuperining eng mukammal asari? J: “Erkaklar za-mini” romani, 1939-yil.
24. Adibning qaysi asarida zamon va insonlar haqidagi o‘ylari hamda chuqur fikrlari bayon qilingan? J: “Erkaklar zamini” romani.
25. Antuan De Sent-Ekzyuperining qaysi asari Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: “Erkaklar zamini”.
26. Ekzyuperi Fransiya urushida mag‘lubiyatga uchragach qayerdan boshpana topadi? J: Amerikadan.
27. Yozuvchi 1942-yili “Harbiy uchuvchi” novellasini, 1943-yili “Kichkina shahzoda” falsafiy ertagini qayerda yozadi? J: Amerikada.
28. Ekzyuperi nechanchi yilda yana jangovar safga qaytadi va qayerlarda jang qiladi? J: 1943-yilda Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o‘lka-larida.
29. Yozuvchi qachon so‘nggi parvozga chiqadi? J: 1944-yil 31-iyulda, Fransiya ozodlikka erishishiga atigi 3 hafta qolganda.
30. Ekzyuperining qaysi asarida inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, ham-korlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks etgan? J: “Kichkina shahzoda” ertagida.
31. Uchuvchi-yozuvchi kim? J: Antuan De Sent-Ekzyuperi.
32. “Kichkina shahzoda” asaridagi uchuvchi samolyoti buzilib qayerga qo‘nish-ga majbur bo‘ladi? J: Sahroyi Kabirga (Afrikaning ulkan cho‘li).
33. Asardagi tillarang sochli, qo‘ng‘iroq tovushli bola kim? J: Kichkina shah-zoda.
34. Kichkina shahzoda Yer sayyorasiga kelib qolganiga qancha vaqt bo‘lgan edi? J: 1 yil.
|
| |