|
J: Eronlik.
13. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida podshohga hakim qanday maslahat beradi? J: Qulning sochidan tutib uch marta suvga cho
|
bet | 73/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Eronlik.
13. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida podshohga hakim qanday maslahat beradi? J: Qulning sochidan tutib uch marta suvga cho‘miltirib olish.
14. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida qul nima uchun tinchlanib qoladi?
J: Daryoda cho‘kish qanday bo‘lishini bilgandan so‘ng.
15. “Ofiyat” so‘zining ma’nosi nima? J: Sog‘lik.
16.Qaysi hikoyat quyidagi misralar bilan yakunlanadi?
Qorning to‘q ersa, arpa noni yaxshi ko‘rinmas,
Gar och ersang, oy qursi kabi xo‘b erur va sof.
J: “Daryo ko‘rmagan qul”.
17. “Oy qursi” so‘zining ma’nosi nima? J: To‘lin oy.
18. “A’rof” so‘zining ma’nosi nima? J: Jannat va do‘zax o‘rtasi.
19. “Va lekin” bog‘lovchisining qisqa shakli qanday? J:Vale.
20. “Darvesh” hikoyatidan chiqadigan xulosa qanday? J:Har kim o‘z boshiga tushadigan tashvishga o‘zi sababchi.
21. “Darvesh” hikoyatidagi farzand ko‘rmagan darvesh Ollohga nima deb iltijo qiladi? J: “Bir o‘g‘il bersa, egnimdagi xirqa (darveshlar kiyimi, janda) dan boshqa barcha molimni darveshlarga nisor qilaman.
22. Darvesh nima uchun zindonga tushadi? J:O‘g‘li mast bo‘lib bir ki-shini o‘ldirgani va qochib ketgani uchun otasi jazolanadi.
23.Qaysi hikoyat quyidagi qit’a bilan yakunlanadi?
Bo‘g‘oz xotin, ayo donoyi xushyor,
Tug‘ar vaqtida garchi mor tug‘g‘oy.
Base yaxshidur ul farzanddin-kim,
Ani nodon va nohamvor tug‘g‘oy.
J: “Darvesh” hikoyati.
24. Qit’a nima? J: Faqat juft misralari qоfiyalanuvchi shе’rning bir turi.
25. “Mor” so‘zining ma’nosi? J: Ilon.
26. “Nohamvor” so‘zining ma’nosi? J: Tentak.
27. S. Sheroziyning qaysi asaridan olingan hikoyatda damashqlik do‘stlar suh-
batidan qochib, Quddus sahrosida tutib olinib, farang xalqiga asir bo‘lgan va asirlikdan qutilib yanada davosiz dardga, ya’ni yomon xotinga yo‘liq-qan inson taqdiri ochib beriladi? J: “Guliston” asarida.
28. Hikoyatda farang xalqiga asir bo‘lgan qulni kim qutqaradi? Necha tilla evaziga ozod qiladi? J: Halab ulug‘laridan biri, 10 tilla evaziga.
29. Halab ulug‘laridan chiqqan bu kishi qizining mahriga necha tilla sola-di? J: 100 tilla.
30. S. Sheroziyning qaysi asaridagi hikoyat quyidagi misralar bilan yakun-lanadi?
Masnaviy
Bir kishi bir qo‘y ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilikidin xalos etti
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
“Qo‘y ko‘rib oni ayladi afg‘on:
Ki bo‘rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen erkansan”.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
J: Eronlik.
13. “Daryo ko‘rmagan qul” hikoyatida podshohga hakim qanday maslahat beradi? J: Qulning sochidan tutib uch marta suvga cho
|