J: Sening isming bu dunyoda muqaddasdur,
Har kim sening qadring bilmas- aqli pastdur…
4. Avloniyning qaysi asarida shoir fikricha farzandlar har xil bo‘lishi mumkin ekanligi aytib o‘tilgan va qanday farzandlar yo‘q emas deyilgan? J: “Vatan” she’rida onaning baxtiga sherik bo‘ladigan, baxtsizligida tashlab ketadigan farzandlar topiladi. Vatanning go‘zal tabiatini xush ko‘radigan, lekin tashvishlarini o‘ylamaydigan farzandlar yo‘q emas.
5. “Vatan” she’rining tugallanishi?
J : Tarbiyatsiz, ilmsizlik jazosidur,
Jaholatning boshga solgan azosidur.
Selobi g‘am kelmas burun jadal birlan,
Tuvg‘onini to‘xtatmagan bo‘lur Hijron.
(Hijron – shoirning she’rlaridagi taxallusi.)
6. “Vatan” she’ridan parchalar?
J: Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan!
Javlon urib yashaydurg‘on xonamizsan!
QO‘SHIMCHA SAVOL
1. “Bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘an, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxumini sochg‘on” adib kim? J: Avloniy.
2. “Hayvonlar o‘z vaqtidan – uyuridan ayrilsa, … maishati talx bo‘ladi…” qaysi asardan olingan ? J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
ERKIN VOHIDOV
1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1936-yil 28-dekabr, Farg‘o-na viloyati, Oltiariq tumani, muallim oilasi.
2. Shoirning otasi qachon vafot etgan? J: Urushdan yaralanib qaytgach, 1945-yilda.
3. Shoirning onasi qachon vafot etgan? J: 1946-yil.
4. Erkin Vohidov necha yoshida ota-onasidan ajralib qolgan? J: 10 yoshga yetar-yetmas.
5. Erkin Vohidovni kim tarbiyasiga oladi? J: Toshkentdagi tog‘asi.
6. Erkin Vohidovda adabiyotga havasni kim uyg‘otgan? J: Shoir G‘ayratiy.
7. Erkin Vohidov necha yoshidan tuppa-tuzuk she’rlar yoza boshlagan? J: 15-16.
8. Maktabni oltin medal bilan bitirgan shoirlar kim? J: Erkin Vohidov, Abdulla Oripov.
9. Erkin Vohidov qaysi universitetda o‘qidi? J: Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Ulug‘bek nomidagi O‘z. Milliy universitet).
10. Erkin Vohidovning qaysi she’rlaridagi chuqur ma’no g‘o‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan? J: “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi”, “Ona tuproq”.
11. “Garchi shuncha mag‘rur tursa ham
Piyolaga egilar choynak” misralari kimning qalamiga mansub? J: Erkin Vohidov.
12. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni qachon yozilgan? J: 1964-yil.
13. Erkin Vohidovning birin-ketin yaratilgan dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”.
14. Erkin Vohidovning tarjimalari? J: Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening “Faust” asari, Blok, Ukrainka, Svetlov, Tvardovskiy, Rasul Hamzatov (“Ona tilim”) asarlari.
15. “Yoshlik” jurnalining dastlabki bosh muharriri kim bo‘lgan? J: Erkin Vohi-dov.
16. Erkin Vohidovning ilk to‘plami? J: “Tong nafasi” 1961-yil.
17. Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari? J: “Qo‘shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Hozirgi yoshlar”, “Mu-habbat”, “Tirik sayyoralar”, “Bedorlik”, “Lirika”, “Iztirob”, “Yaxshidir achchiq haqiqat”, “Charog‘bon”.
18. Erkin Vohidovning dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozil-gan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Nido”.
19. E. Vohidov dramalari? J: “Oltin devor” (komediya), “Istambul fojiasi”.
20. E. Vohidovning jahonning qator tillariga tarjima qilingan komediyasi?
|