|
Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga
|
bet | 84/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga.
Tinchlik janggohining fidosi,
Bu senga, bu menga, bu bizga.
Yigirmanchi asr nidosi.
19. 2-jahon urushida nechta odam halok bo‘lgan? J: 50 milliondan ortiq.
20. “Nido” dostonidagi nido kimning nidosi? J: Tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi u-n kurash nidosi, davr nidosi.
21. Dostonda kimlarning nidosi umumlashtirib davr nidosi, tinchlik uchun kurash nidosiga aylangan? J: Tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning ortida qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi.
22. “Nido” dostonida kimga qasamyod qilinadi? J: Ona yerga.
23. “Nido dostonida qaysi yulduzlarning nomlari aytib o‘tiladi? J: Surayyo, Zuhro.
QO‘SHIMCHA SAVOL
1. E. Vohidov she’riyatning qaysi vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qilgan? J: Barmoq, aruz, sarbast.
2. Sho‘ro adabiyotshunosligida aruz vazni “eskirgan, zamonga javob bera olmaydigan vazn” deb inkor qilgan paytda o‘nlab go‘zal g‘azallar bitgan shoir kim va bu g‘azallar qaysi kitobidan joy egallagan? J: E. Vohidov “Yoshlik de-voni”.
ABDULLA ORIPOV
1. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasini yozgan shoir kim? J: A. Oripov.
2. A. Oripov qayerda va qachon tug‘ilgan ? J: 1941-yil 21-mart Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i.
3. A. Oripovning ota-onasining ismi? J: Orif bobo va Turdi Karvon qizi.
4. Mustaqillik kunlariga yetib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etgan ota kim? J: Orif bobo.
5. A. Oripovning kelajagini bashorat qilib, uning birinchi kitobini ko‘rib ketgan kim? J: Onasi Turdi Karvon qizi.
6. A. Oripovning ham she’ri, ham she’riy toplamining nomi? J: “Onajon”.
7. A. Oripov qayerda o‘qidi? J: Neko‘zdagi o‘rta maktabni 1958-yil oltin me-dal bilan tugatgach, Toshkentdagi SaGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetidagi jirnalistika bo‘limini 1963-yilda tugatdi.
8. A. Oripovning birinchi kitobining nomi va u qachon bosilib chiqdi?
|
| |