|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 92/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Musichalar.
9. Yozuvchi hikoyada do‘st har qanday mushkulliklar ro‘y berganda ham sado-qatini saqlamog‘i lozimligini qaysi timsollar misolida aks ettiradi? J: Qaldir-g‘ochlar.
10. Yozuvchi Nodira obrazi orqali nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ladi? J: Tabiatga, uning turfa ko‘rinishlariga, hayvonot olamiga mehr qo‘yishni va bu g‘oya orqali insonlarni ham bir-birlariga oqibatli bo‘lishlarini ta’kidlamoqchi.
11. Nodiraning ko‘zlarini nam qilgan tuyg‘u nima edi? J: Qaldirg‘ochlarni tash-lab ketishi, ularning sadoqatiga yarasha javob bera olmagani.
12. Hikoyadan kelib chiqadigan asosiy xulosa? J: Insonda mehr-oqibat, do‘stlik, sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalash, ularni asrab-avaylash g‘oyasi.
13. Qaldirg‘ochlarning boshqa qushlardan farqi nimada? J: Insonlarga sadoqatida.
14. Qaldirg‘ochlar qanday joylarga uya quradilar? J: Bexavotir.
ERKIN VOHIDOVNING “O‘ZBEGIM” QASIDASI
1.Qasida qachon yozilgan? J: 1968-yilda.
2. Qasida janri nima maqsadda yaratilgan? J: Asosan podsholar, amir va xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsa-dida.
3. Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi kimga bag‘ishlangan? J: Ona xalqi-ga.
4. “O‘zbegim” qasidasi qanday boshlanadi? J: Xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan.
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon o‘zbegim.
5. Qasidada “ming asrlar ichra pinhon” tarixini nimalardan izlash lozimligini uqtiradi? J: Samarqandda saqlanib qolgan Afrosiyob yodgorligidan, Mo‘g‘i-liston va Sibirdagi O‘rxun va Enasoy (Yenisey) daryolari qirg‘oqlaridan topilgan qadimgi turkiy tosh bitiklardan.
6. O‘zbeklar nechta urug‘ni o‘zida jamlagan? J: 92 urug‘ni, jumladan o‘zluq va tarxon.
7. Qasidada tasvirlangan bosqinchilar nomi? J: Chingizxon va Botu.
8. Vatanimiz tuprog‘ini yovlardan asragan qahramonlar kimlar? J: To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur.
9. “Davr zulmiga va lekin bir umr bosh egmading,
Sen–Muqanna, sarbador-sen, erksevar qon, o‘zbegim”,
misralari kimning qalamiga mansub? J: E. Vohidov “O‘zbegim”.
10. Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yillik yubileyi xalqaro miqyosda qachon nishonlandi? J: 2006-yilda.
11. “Dengiz ortin yoritdi ilk bor
Beruniyning aql mash’ali” misralari kimning qalamiga mansub? J: A. Oripov “O‘zbekiston” qasidasi.
12. E. Vohidov qasidada o‘zbek xalqi tarixini bitish u-n nechta kim kerak deb aytib o‘tadi? J: Mingta Firdavsiy kerak.
13. E. Vohidovning qaysi misralaridan so‘ng zamonaviy O‘zbekiston vasfi boshlanadi? J: Tarixing bitmakka xalqim mingta Firdavsiy kerak, Chunki
|
| |