• Kalit sozlar
  • Ta'lim- tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi Koson tumani 85- umumta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi va metodbirlashma rahbari Zayriyeva Zebiniso Annotatsiya




    Download 11.13 Kb.
    Sana14.09.2023
    Hajmi11.13 Kb.
    #81923
    Bog'liq
    Zayriyeva Zebo!
    O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, O\'zim haqimda, 6- mavzu. Operatsion kuchaytirgichlar asosidagi analog signalla, Презентация1, 230187452964, Gipsli bog‘lovchi moddalar, cfc3a940-2a21-4a2d-a371-29c1da532eef

    Ta'lim- tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi
    Koson tumani 85- umumta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi va metodbirlashma rahbari
    Zayriyeva Zebiniso

    Annotatsiya.Mazkur maqolada ta'lim tarbiya jarayonida keng qo'llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
    Kalit so'zlar:Ajurli arra, Sinektika, ekspert, rotatsiyq, material, metod, mavzu
    Pedagogik texnologiyalar ta'lim- tarbiya jarayoniga o'ziga xos bo'lgan innavatsion yondashuvdir.Pedagogik texnologiya ta'lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashtirishning tizimli usulidir.Quyida ta'lim tarbiya jarayonida qo"llaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida fikr yuritamiz
    «Ajurli arra» metodi. Ajur frantsuzcha "ajour" so'zidan olingan, "bir yoqdan ikkinchi yoqqa o'tgan, ikki tomoni ochiq" degan ma'noni anglatadi.
    Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
    talaba-o'quvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi;
    talaba-o'quvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir necha asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzuchalar) ga qirqiladi;
    mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlarning har bir a'zosiga tarqatiladi;
    kichik guruh a'zolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;
    kichik guruhlarning yaxshi o'zlashtiruvchi a'zolaridan ekspert gumhi tashkil etiladi;
    ekspert guruhi a'zolari qo'llaridagi topshiriqlarni xamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga o'rgatish rejasini egallashadilar;
    ekspertlar o'zlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o'rganganlarini boshqa sheriklariga o'rgatishadi.
    O'qitishga bunday yondashilganda talaba-o'quvchilarning xamkorlikda ishlariga va katta hajmdagi o'quv materiallarining o'zlashtirilishiga erishiladl.
    Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o'quvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni kunt bilan o'rganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, o'rganganlarini boshqalarga o'rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.
    «Sinektika» metodi. Bu metod amaliy, seminar va laboratoriya mashg'ulotlari uchun qulay bo'lib, "aqliy hujum" metodiga yaqin. Bunda talaba darsda qo'yilgan muammoni hal qilish yuzasidan analogiyaga asoslangan holda o'z fikrlarini, qarashlarini olg'a suradi. Bunda analogiya bevosita, shaxsiy, ramziy va xayoliy bo'lishi mumkin.
    «Dumaloq stol» metodi. Bu metod amaliy mashg'ulot uchun qulay. Bunda o'qituvchi tomonidan bitta savol yozilgan varaq kichik guruhga taqdim etiladi.
    Talabalar o'zlarining ismi-shariflari va savolga javoblarini yozib, varaqni yonidagi talabaga uzatadi. Shu tarika yozilgan javoblar yig'ishtirib olinib, talabalar ishtirokida noto'g'rilari o'chirib chiqiladi va natijalar baholanadi.
    «Ruchka stol ustida» metodi . Bu metod amaliy mashg'ulot uchun ko'lay. Savolga o'zining javob variantini yozgan kichik guruhdagi talaba ruchkasini stol ustiga ko'yib varaqani yonidagi sherigiga uzatadi. Savolga javob yoza olmagan talaba ruchkasini stolga qo'ymaydi.
    Bir nechta kichik guruhlardagi talabalarning qo'yilgan bir xil savolga javoblari yig'ishtirib olinib birgalikda muhokama qilinadi. Bu metod afzalliklari: o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor emasligini ko'rib turadi; mashg'ulotga tayyorlanmagan talaba og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar oladi; bu metod kichik guruhda olib boriladigan ish bo'lib, talaba intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o'zining javob varianti ustida uzoq o'ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflab yuboradi.
    Shuningdek talaba mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham guruhga pand beradi; talabalar o'z javoblarini ikki marta, ya'ni yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
    «Rotatsiya» metodi. Bu metod mashg'ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun jamoa bo'lib tahlil qilib ko'rishi uchun qo'llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi;
    dars mavzusi bo'yicha topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzular) plakatlarga yozilib doskaga osib qo'yiladi;
    topshiriqlar soni uchta bo'lsa, talaba-o'quvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;
    kichik guruhlar o'zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma'lumotlar paketini oladi;
    kichik guruhlar o'zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o'rganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi;
    javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o'quvchi tomonidan yoziladi;
    topshiriqlarga yozilgan javoblar varag'i, ma'lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qo'shimcha qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yo'l qo'yilmaygan;
    javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi.
    «Davra suhbati» metodi. Davra suhbati- talabalar o'rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o'z fikr- mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o'qitish usulidir.
    Davra suhbati usuli qo'llanganda stol- stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir talabaning bir- biri bilan "ko'z aloqasi"ni o'rnatib turishga yordam beradi. Davra suhbatining og'zaki va yozma shakllari mavjuddir.
    Og'zaki davra suhbatida o'qituvchi mavzuni boshlab beradi va talabalardan ushbu mavzu bo'yicha o'z fikr- mulohazalarini bildirishlarini so'raydi va aylana bo'ylab har bir talaba o'z fikr- mulohazalarini og'zaki bayon etadilar. So'zlayotgan talabani barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama kilish lozim bulsa, barcha fikr — muloxazalar tinglanib bo'lingandan so'ng muhokama qilinadi. Bu esa talabalarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
    Yozma davra suhbatida ham stol—stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir talabaga konvert qog'ozi beriladi. Har bir talaba konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo'yicha o'z savolini beradi va yonidagi talabaga uzatadi. Konvertni olgan -talaba o'z javobini qog'ozga yozib, konvert ichiga solib qo'yadi va yonidagi talabaga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo'ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha kotsvertlar yig'ib olinib, tahlil qilinadi.
    O'quv jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilganda ta'lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija- ijobiy sifat o'zgarishi kafolatlanadi, o'quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi, tezkor qaytuvchi aloqa vujudga keladi, o'quv maqsadlari, o'quv jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
    Zero, pedagogik texnologiya - bu o'rganish nazariyasiga asoslangan va rejalashtirilgan natijalarni ta'minlovchi ta'lim faoliyatini tashkil etish usullari, uslubiy texnikasi, shakllari yig'indisidir. O'qituvchi uchun yillar davomida shakllangan darsning stereotiplarini engib o'tish juda qiyin. Talabaga yaqinlashish va xatolarni tuzatish, tayyor javobni taklif qilish istagi katta. Talabalar ham xuddi shunday muammoga duch kelishadi: ular uchun o'qituvchini yordamchi, kognitiv faoliyat tashkilotchisi rolida ko'rish odatiy holdir. Zamonaviy ta'lim tizimi o'qituvchiga turli xil innovatsion usullardan "o'zinikini" tanlash, o'z ish tajribasiga yangicha qarash imkoniyatini beradi.

    Bugungi kunda zamonaviy darsni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun o'z pozitsiyangizni yangicha tushunish, nima uchun va nima uchun o'zgarishlar kerakligini tushunish va birinchi navbatda o'zingizni o'zgartirish kerak.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Belozertsev, E.P. Kasbiy ta'lim pedagogikasi: darslik / E.P. Belozertsev, A.D. Goneev, A.G. Pashkov, ed. V. A. Slastenin, 4-nashr, O'chirilgan. - M .: IT akademiyasi, 2008 .-- 368 b.

    2. Borisova, N.V. Ta'lim texnologiyalari pedagogik tanlov ob'ekti sifatida: darslik. nafaqa / N. V. Borisova. - M .: ITsPKPS, 2000 .-- 146 p.

    3. Gulova, M.N. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: darslik. DPT muassasalari uchun qo'llanma / MN Gulova, 4-nashr, qayta ko'rib chiqilgan. - M .: IT akademiyasi, 2013 .-- 208 b.



    4. Selevko, G.K. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: darslik. nafaqa / G.K.Selevko. - M .: Xalq ta'limi, 1998 .-- 256 b.
    Download 11.13 Kb.




    Download 11.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta'lim- tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi Koson tumani 85- umumta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi va metodbirlashma rahbari Zayriyeva Zebiniso Annotatsiya

    Download 11.13 Kb.