J: Hayo, nomus iymona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildir,
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildir.
4. Qaysi adib eski shahar sho‘rosining raisi vazifasini va Afg‘onistonda elchi vazifasini bajarib, oliy o‘quv yurtida professor sifatida dars bergan? J: Avloniy.
5. Avloniy qachon vafot etgan? J: 1934-yil 24-avgust.
“VATANNI SUYMAK” LAVHASI
1. “Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l”. Qaysi asardan keltirilgan? J: Avloniy “Vatanni suymak”.
2. “ Men ayblik emas, ey vatanim, tog‘larim,
Bevaqt tashlab ketdim oyo, bog‘larim,
Hijron qilodur meni judolig‘,
Do‘ndi g‘ama ro‘z-u shab-u chog‘larim” misralari kimning qaysi asari-dan? J: Avloniy “Vatanni suymak”.
3. “Vatanni suymak” lavhasi Avloniyning qaysi asaridan olingan? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
4. Avloniyning qaysi asarida bog‘larini, hovlilarini sotib Arabistonga hijrat qilgan hojilarimiz aytib o‘tiladi? J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
5. Avloniyning qaysi asari so‘ngida payg‘ambarimizning “Hubbul – vatani minalimoni -Vatanni sevmak imondandir” degan hadislari aytib o‘tiladi?
J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
6. “Vatan, vatan deya jonim tanimdan o‘lsa ravon,
Bango na g‘am, qolur avlodima o‘yu vatanim” misralari qaysi asardan?
J: “Vatanni suymak”.
7. “Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issig‘ cho‘llarini, eskimo‘lar shimol taraflari-ni, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar”. Ushbu satrlar kimning qaysi asaridan olingan? J: A.Avloniyning “Vatanni suymak” lavhasidan.
8. Bobolarimizning “Kishi yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z yurtingda cho‘pon bo‘l” degan maqoli o‘z ifodasini topgan asar qaysi? J: A.Avloniy “Vatan-ni suymak”.
“VATAN” SHE’RI
1. “Vatan” sheri Avloniyning qaysi asaridan olingan? J: “Maktab gulistoni” (1916-yil).
2. Avloniyning qaysi asarini vatan sha’niga bitilgan madhiya deb atash mumkin? J: “Vatan” she’rini.
3. “Vatan” she’rining boshlanishi?
|