|
Hikmatlar
Sa’diy Shеrоziy ilmiga amal qilmaydigan оlimlarni nimaga qiyоslaydi? J:Ustiga kitоb оrtilgan eshakka
|
bet | 76/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]Hikmatlar
Sa’diy Shеrоziy ilmiga amal qilmaydigan оlimlarni nimaga qiyоslaydi? J:Ustiga kitоb оrtilgan eshakka.
Hikmatlar
Chumoli yoz bo‘yi yig‘ar yemak –don,
Toki qishda uyi bo‘lsin farovon.
* * *
Erta kun arpaga zor bo‘lmay desang,
Bukun ek, shoyadki, bug‘doy non yesang.
* * *
Ustiga kitob ortilgan eshak,
Na olim va na donodir beshak.
* * *
Fildek zo‘r bo‘lsang-u sherdek urishqoq,
Nazdimda, jangda sulh ming bor afzalroq.
* * *
Boshqalar moliga ko‘ngil qo‘ymagil,
So‘ngra ko‘ngil uzmoq juda ham mushkul.
ABDULLA AVLONIY
1. Milliy uyg‘onish davrining taniqli namoyondasi kim? J: Abdulla Avloniy.
2. A. Avloniy qayerda va qachon tug‘ilgan? J: 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahri Mergancha mahallasi hunarmand-to‘quvchi oilasida.
3. A. Avloniy qayerlarda tahsil oldi? J: 7 yoshida O‘qchi mahallasidagi bosh-lang‘ich maktabda, 1890-yil shu mahalladagi madrasada, keyinroq Shay-hontohurdagi madrasada.
4.Qaysi adib qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik b-n mashg‘ul bo‘l-gan? J: A. Avloniy.
5. A. Avloniyda she’r yozishga ishtiyoq necha yoshida paydo bo‘ldi?
J: 15-16 yoshidan.
6. A. Avloniy ilk she’riy mashqlarini qachon bitgan? J: 1894- yili.
7. A. Avloniy nechanchi yildan boshlab o‘z mashqlari b-n matbuot sahifalarida qatnasha boshlagan? J: 1905-yildan.
8. A. Avloniy nechanchi yillarda gazetachilik b-n shug‘ullandi? J: 1905-1908-yillarda.
9. “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalari nechanchi yillardan chiqa boshlagan?
J: 1906-yildan.
10. A. Avloniy qaysi gazetalarda ishlagan? J: “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuh-rat”, “Osiyo”, “Ishtrokiyun”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”.
11. A. Avloniy qaysi gazetani chiqarishda bosh-qosh bo‘lgan? J: “Shuhrat”.
12. “Imoratchi usta” deb nom olgan shoir kim? J: Avloniy.
13. A. Avloniy muharrirligida qachon va qaysi gazetaning 1-soni bosmadan chiqqan? J: 1907-yil 4-dekabr “Shuhrat”.
14. A. Avloniy o‘z uyida–hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab chop etgan gazeta qaysi? J: “Shuhrat”.
15. “Osiyo” gazetasi qachondan nashr etila boshlangan? J: 1908-yildan.
16. A. Avloniy qaysi gazeta yopilgach Mirobod mahallasida maktabdorlik b-n shug‘ullana boshlagan? J: “Osiyo”.
17. A. Avloniy qanday maktab ochgan? J: “Usuli savtiya” yangi usuldagi ilg‘or maktab.
18. O‘z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug‘ullangan ma’rifatparvar olim kim? J: Abdulla Avloniy.
19. A. Avloniy 1909-yilda qanday tashkilot ochdi? J: “Jamiyati xayriya”.
20. “Jamiyati xayriya” qanday tashkilot? J: Xalq bolalarining bilim olishi uchun pul yig‘adigan.
21. A. Avloniy 1913-yilda qanday jamiyat ochdi? J: “Turon”.
22. A. Avloniy ochgan “Turon” jamiyatining vazifasi nima edi? J: 1. Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yish va ularga ma’naviy oziq berish. 2. Klub, musiqa kurslari, kutubxonalar va qiroatxona ochish. 3. O‘quvchilarga moddiy yordam berish.
23. Kim bir nom ostida ham jamiyat, ham teatr, ham gazeta tashkil qildi? Bu nom nima? J: A. Avloniy “Turon jamiyati ostida”, “Turon” teatri.
24. A. Avloniy ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga nechta pyesa tarjima qilgan?
|
| |